Payariqda uch egizak tug‘ilgan xonadonga hokim bordi. Qizaloqlarning ismi qanaqa ekan?
Payariq tumanidagi Boshqo‘rg‘on mahallasida Ernazarov Jamshid va Nilufarlar yaqinda 3 nafar egizak qiz farzandli bo‘lishdi.
"Zarafshon" nashriga ko‘ra, tuman hokimi hamda jamoatchilik vakillari chaqaloqlar holidan xabar olib, sovg‘a-salomlar olib borishdi. Hozirgi kunda ona hamda Fotima, Zuhra va Xadichalarning ahvoli yaxshi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)