Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining ochilishi oldidan Jeki Chan mash’alani ko‘tarib yuradi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining ochilishi oldidan Jeki Chan mash’alani ko‘tarib yuradi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi oldidan mash’ala olib yuruvchilardan biri mashhur aktyor Jeki Chan bo‘ladi, deb yozadi South China Morning Post.

Tashkiliy qo‘mita xabariga ko‘ra, butun dunyoga o‘zining tryuklari va ekshnlari bilan tanilgan 70 yoshli aktyor chorshanba kuni Fransiya poytaxtida Paralimpiya mash’alasi estafetasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Estafetada fransuz aktrisasi Elza Zilbershteyn va xoreograf Benjamen Milyepye ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya mash’alasi Fransiya shaharlari bo‘ylab sayohatini boshlagan.

Stok Mandevil qishlog‘idagi britaniyalik mash’alachilar yarim yo‘lda fransuz hamkasblari bilan uchrashishdi. Ular orasida Paralimpiya harakati va birinchi Paralimpiya o‘yinlari asoschisi Lyudvig Guttmanning nevarasi Lora Mills ham bor. Kale kommunasidagi tunnel chiqishida yana 11 ta mash’ala yoqildi.

28 avgust, chorshanba kuni Parijda mash’alalar yurishi yakunlanadi. Shu kuni Paralimpiya mash’alasi yoqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!