Parijdagi axlat yig‘uvchilar 29 mart kuni ish tashlashni to‘xtatadi

Parijdagi axlat yig‘uvchilar 29 mart kuni ish tashlashni to‘xtatadi

29 mart kuni Parijdagi chiqindi ishchilari kasaba uyushmasi ish tashlashchilar soni kamligi sababli 6 martdan beri davom etayotgan ish tashlashni to‘xtatadi.

28 mart kuni Parijda kasaba uyushmalari chaqirig‘i bilan pensiya islohotiga qarshi aksiya boshlandi.

Ommaviy norozilik namoyishlari fonida Parij ko‘chalari yoqimsiz hid manbasiga aylangan va aholini bezovta qiladigan axlat tog‘lariga to‘lib qolgan edi. 27 mart kuni shahar hokimligida qayd etilganidek, tozalash uchun navbatda 7500 tonnaga yaqin chiqindi bor.

Mamlakatdagi tartibsizliklar 16 mart kuni Fransiya bosh vaziri Elizabet Born pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘tarishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinganini e’lon qilganidan keyin boshlandi. Qonun parlament quyi palatasida ovoz berishni chetlab o‘tgan holda qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!