Baxtsiz hodisa 2024 yil kuzida ro‘y bergan: klipda suratga tushayotgan voyaga yetmagan qiz “gelik” rusumli avtomobilni boshqarib, boshqa bir aktrisa – Sabrina Jabborovani bosib ketgan. Oqibatda nogiron bo‘lib qolgan Sabrina, oyoqqa turishiga yordam so‘raganida, faqat quruq va’dalar va tahdidlarni olganini yozib, jamoatchilikka murojaat qildi.
2024 yilning 7 noyabr kuni xonanda Ozoda Nursaidovaning «Dilbarim» qo‘shig‘i uchun klip suratga olish jarayonida baxtsiz hodisa yuz berib, aktrisa Sabrina Jabborovani avtomobil bosib ketgan. Bu haqda aktrisaning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.
Sabrinaga ko‘ra, Mercedes-Benz G-klass (“gelik”) boshqaruvida voyaga yetmagan boshqa aktrisa S.M. bo‘lgan. U ham klipda sur’atga tushayotgan bo‘lgan.
«Voyaga etmagan aktrisa operator va rejissyor SH.M. ning ko‘rsatmasi bilan gaz pedalini bosgan, biroq o‘sha paytda mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Mashinaning g‘ildiraklari Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketdi: oldingi g‘ildiragi butunlay uning ustidan o‘tgan, orqa g‘ildiragi esa qizning ustida aylanib ketgan. Voqea natijasida Sabrinaning tos suyagi singan, boshqa a’zolari og‘ir jarohat olgan», – deyiladi Jabborovaning Instagram'dagi sahifasida qoldirilgan ma’lumotda.
Jabrlanuvchiga birinchi yordam vaqtida ko‘rsatilmagani natijasida ko‘p qon yo‘qotgan. Keyin uni 4-sonli kasalxonaga olib borishgan, 9 soatlik operasiyadan so‘ng bemorning hayoti saqlab qolingan. Biroq, jarrohlik amaliyoti noto‘g‘ri bajarilgani natijasida, uning chap oyog‘i o‘ng oyog‘idan 7 sm uzunroq bo‘lib, qiz nogiron bo‘lib qolgan.
Ayni vaqtda, shifokorlar qizning salomatligini tiklash uchun uning tos suyagini sindirib, suyaklarni to‘g‘rilash kerakligi, bunday operasiyalar juda kamdan kam holatlarda muvafaqqiyatli o‘tishini aytgan.
Sabrina yordam so‘rab qilgan murojaatida mashina rulidagi voyaga yetmagan qizni «suratga olish jarayoniga A.Q. olib kelgani va unga haydashga ruxsat bergani»ni yozib qoldirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish tashkilotchilari va boshqa aybdor shaxslar jabrlanuvchiga yetarlicha yordam ko‘rsatmagan. Faqatgina 4 oy davomida «filmni suratga olishda texnik qoidalarni buzganligi» uchun jarima sifatida 500 dollar to‘lab turgan.
«Jabrlanuvchining onasi Sabrinaning oyoqqa turishiga yordam so‘raganida, u faqat quruq va’dalar va tahdidlarni olgan. Unga voqea bo‘yicha materiallar internetda tarqatilsa, jabrlanuvchiga yordam butunlay to‘xtatilishi aytilgan», deyiladi murojaatda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa bo‘yicha ish sudga oshirilgan, lekin hali sud jarayoni boshlanmagan. Sabrina tergovchi unga ish materiallarini taqdim qilmaganini aytgan.
Shuningdek, Sabrina normal yurish qobiliyatini tiklash uchun chet elda takroriy operasiya o‘tkazishi kerakligini aytgan va jamoatchilikdan yordam so‘ragan, deb yozadi kun.uz sayti.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.