Otalik burchini unutgan shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Otalik burchini unutgan shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Pop tumani bo‘limi va Ma’muriy sud bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor sud majlisida aliment to‘lovlari bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqildi.

 

Chust tumanlararo sudining 2009 yil 6 apreldagi ijro varaqasiga asosan fuqaro M.A. dan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun undiruvchi M.Enazarova foydasiga to‘rtdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Biroq, o‘tgan davr mobaynida u sud qaroriga, qolaversa otalik burchiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani oqibatida mazkur nafaqani to‘lamay kelgan va oqibatda 2018 yil oktyabr oyiga qadar alimentdan qarzdorlik miqdori 31 million so‘mga yetgan.

 

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, M.A Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirishga qaramay qarzdor aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shunga asosan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga ma’muriy qamoq jazosini qo‘llash yuzasidan tayyorlangan hujjatlarni mazmunan ko‘rib chiqish uchun tuman Ma’muriy sudiga yuborilgan. Aynan 6 noyabr kuni o‘tkazilgan sayyor sudning qaroriga ko‘ra qarzdor M.A. O‘zbekiston Respublikasi MJtK 474-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi, Unga 15 kechayu kunduz ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Xuddi, shuningdek, sayyor sud qarori bilan R.V. va E.U. kabi o‘z farzandining moddiy ta’minotiga ko‘maklashishdan bo‘yin tovlagan fuqarolarga nisbatan ham shunday jazo chorasi tayinlandi.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!