Otabekov: "O‘zbekistonda yana karantin kuchaytirilishi mumkin, faqat..."

Otabekov: "O‘zbekistonda yana karantin kuchaytirilishi mumkin, faqat..."

O‘zbekiston hukumati agar COVID-19 qayd etish holatlari yuqori tezlikda oshib boraversa qat’iy karantin choralariga qaytishga qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

"So‘nggi kunlarda har kuni 600dan oshik yangi holatlar qayd etilmoqda. Chunki aholi karantin qoidalariga to‘la rioya etmayapti. Virusning keng tarqalib ketish ehtimoli yuqori, buning natijasida esa vaziyat og‘irlashishi mumkin. Hukumat esa vaziyatdan kelib chiqib bir qator cheklovchi choralarni, jumladan qat’iy karantin joriy qilishga majbur bo‘ladi.

Fikrimcha, bu lekin ikki oy avvalgidek keng ko‘lamli karantin bo‘lmaydi. Biroq epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan turli variantlar bo‘lishi mumkin.

Respublika aholisi muayyan va oddiy majburiyatlar - niqobni to‘g‘ri taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptiklardan foydalanish va qo‘llarni tez-tez yuvish mas’uliyatini unutmasligi kerak", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!