Organizmda vitamin yetishmasligini terining holatidan ham bilish mumkin

Organizmda vitamin yetishmasligini terining holatidan ham bilish mumkin

🔆 Yoz yakunlashiga oz qoldi, kuzda esa organizmning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Bilamizki, tanamizdagi har bir vitamin va minerallar me’yorda bo‘lishi muhim. Ularning yetishmasligi esa turli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Hatto ba’zida organizmda bir yoki bir nechta vitaminlarning to‘liq yetishmaslik holatlari ham bo‘ladi. Ko‘pincha bu patologiya muvozanatsiz ovqatlanish sababli kelib chiqadi va kuz-qish davrida avj oladi.

📌 Teri esa bu yetishmovchilikni yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘zgu kabidir va unga qarab organizmda qaysi vitaminlar kamligini bilib olish mumkin. (https://telegra.ph/file/5eb208d670f1a0b0e0cf6.png)

🖇 Quyidagi vitamin tanqisligini anglatishi mumkin bo‘lgan belgilarni keltirib o‘tamiz:

✔️V2 vitamini yetishmaganida yuz, tana va lablar terisi quruqlashishi kuzatiladi. Og‘izning chekka sohasida va qo‘llarda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin.

✔️A vitaminining yetishmasligi terining po‘stlanishi, teri va shilliq qavatlarning quruqshashiga, yog‘ bezlarining atrofiyasiga olib keladi. Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, A vitamini yetishmovchiligi psoriaz, dermatit va ekzema kabi kasalliklar rivojlanishining omillaridan biriga aylanishi mumkin.

✔️V6 vitamini tanqisligi yuz, bosh, qo‘llar terisining qurishi, qazg‘oq paydo bo‘lishi, seboreya orqali o‘zini namoyon qiladi.

✔️V12ning yuqori tanqisligi eritrositlar va gemoglobin darajasining pasayishi bilan kuzatiladi. Bunda oshqozon-ichak trakti va asab tizimining ishi yomonlashadi. Bu ichak so‘rilishi sekinlashgani va teri kerakli oziq moddalarni to‘liq olishni to‘xtatganini anglatadi.

✔️E vitamini tanqisligini terining yosh holatda saqlanishining eng yomon dushmani deb atash mumkin. Uning yetishmasligi tufayli erta qarish jarayoni boshlanadi, kollagen va elastin ishlab chiqarish kamayadi, ajinlar va pigment dog‘lar paydo bo‘ladi.

✔️S vitaminiga kelsak, agar u organizmda kam yoki to‘liq yo‘q bo‘lsa, buning asoratlari juda yomon bo‘lishi mumkin. Teri umumiy immunitetining pasayishi butun organizm immunitetining tushishiga olib keladi: himoya baryeri ingichkalashadi, yallig‘lanish elementlari paydo bo‘ladi, regenerasiya pasayadi, tonus va turgor (terining elastikligi) sezilarli darajada yomonlashadi.

🟢 Vitamin yetishmasligi terida muammolar keltirib chiqarishi bilan bir qatorda zaiflik, surunkali charchoq, tez-tez shamollash va uyqu buzilishi shaklida ham o‘zini namoyon qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!