Oqordada Qozog‘iston va Singapur prezidentlari muzokara o‘tkazdi

Oqordada Qozog‘iston va Singapur prezidentlari muzokara o‘tkazdi

"Singapur prezidentining Markaziy Osiyoga ilk tashrifi Qozog‘istonga bo‘lgani biz uchun katta sharafdir. Sizning mamlakatimizga tashrifingiz tarixiy voqeadir", - dedi Toqayev.

Singapurning Qozog‘iston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 1,4 milliard dollardan oshdi.

"Biz ko‘rib turibmizki, aslida sizning mamlakatingiz mintaqaviy yetakchi hisoblanadi. Bu biz uchun juda muhim va biz uzoq yillar davomida juda yaxshi munosabatlarni saqlab kelmoqdamiz", - dedi Singapur prezidenti.

Tomonlar xizmatlar savdosi va investisiyalar to‘g‘risidagi bitimni hamda bir qator boshqa hujjatlarni imzoladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!