Oq Jannat – Kleopatra hovuzi

Oq Jannat – Kleopatra hovuzi

YUNESKOning “Jahon merosi ro‘yxati”ga kiritilgan Denizli viloyatining Pamukkale mintaqasi hududida “Kleopatra hovuzi” nomi bilan ham tanilgan tabiiy basseyn ta’tilni o‘tkazish uchun mintaqaga kelganlarning tez-tez boradigan joylaridan hisoblanadi.

Qadim zamonlardan beri termal davolash markazi sifatida tanilgan, milodiy 692-yilda sodir bo‘lgan zilzila natijasida ustunlarning qulashi va termal suvning to‘planishi natijasida tabiiy ravishda hosil bo‘lgan ushbu qadimiy hovuz yoz va qishda o‘zgarmaydigan o‘zining 36 darajalik suvi bilan mahalliy hamda xorijiy mehmonlarga o‘zgacha taasurotlar taqdim etadi.

Rivoyatlarda termal suv Iso alayhissalomning onasi Bibi Maryamning kasallangan ko‘zini davolagani, Misr malikasi Kleopatraning Hiyerapolisga kelib, hovuzga kirganligi ham aytiladi. Ming yillik ustunlar va marmar toshlar orasida suzish imkoniga ega bo‘lgan sayyohlar bu yerda shifobaxsh suvga kirish va tabiiy go‘zalliklardan bahramand bo‘lish imkoniga ega.

Shuningdek, qadimgi basseyn suvi yurak-qon tomir kasalliklari, revmatizm, falaj, teri va asab kasalliklariga foydali ekanligi aytiladi. “TÜRSAB” ning (Turkiya Sayohat Agentliklari Boshqarmasi) “Pamukkale Mintaqaviy Ijroiya Kengashi” raisi Turan Ko‘seog‘lu bergan ma’lumotiga ko‘ra, Pamukkale oxirgi paytlarda sayyohlar bilan to‘lib ketgan. Qadimiy tabiat hovuzi shifo izlayotganlarning manziliga aylanganini mintaqadagi mehmonxonalar deyarli bo‘sh xonalarsiz xizmat qilayotganligidan bilsa bo‘ladi. Pamukkalega kelganlarning ko‘pchiligi ushbu qadimiy basseynga kirishni xohlaydi. Ziyoratchilar tabiat basseyniga kirmasdan bu yerni tark etishmaydi. Ular hovuzga kirishdan katta zavq olib, maroqli dam olishadi.

Pamukkale kabi qiziqarli joyni ko‘rishga ishtiyoqi baland sayyohlarni ko‘rish juda ham yoqimli. Hatto pandemiya davrida ham hovuz mahalliy hamda xorijlik turistlar bilan liq to‘ldi. Bu yerning go‘zalligi qishda yanada chiroyli bo‘ladi. Biroq, yozda ziyoratchilar hovuz va havo issiq bo‘lsa-da, dam olish uchun qadimiy xarobalarning go‘zalligidan bahramand bo‘lib suzishni xohlashadi. Turkiyaga birinchi marta kelgan sayyohlar ko‘rishi kerak bo‘lgan 4 ta joy orasida Pamukkaleni tavsiya qilinishiga e’tibor berish kerak. Ko‘plab turistlarga Istanbul, Kapadokya, Pamukkale va Efesni borib ziyorat qilish tavsiya qilinadi. Tur dasturlariga Pamukkaleni ham kiritamiz. Chiqqanlar. Har yili ushbu tabiat mo‘jizasi bo‘lmish “Kleopatra hovuzi”ni ko‘rish va shifobaxsh suvida vaqt o‘tkazish uchun Amerika, Shri-Lanka, Malayziya, Hindiston, Pokiston va Yevropadan ko‘plab turistlar tashrif buyurishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!