2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga olib kirilgan mobil telefonlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 273 mingtaga kamaydi. Bu tendensiya rasmiy import hajmida pasayish va noqonuniy olib kirish urinishlari ko‘payishi bilan bog‘lanmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga 194,4 million dollarlik 1,87 million dona telefon import qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davrida qayd etilgan 200,9 million dollarlik 2,15 million telefondan ancha kamdir.
Shu bilan birga, 2023 yilning birinchi yarmida ham aynan 1,87 million dona telefon mamlakatga olib kirilgan, lekin ularning umumiy qiymati 129,6 million dollarni tashkil etgan. Bu narx darajasidagi o‘sishni aks ettiradi.
Bojxona organlari bildirishicha, telefonlarni noqonuniy yo‘llar orqali olib kirish urinishlari ham ancha faollashgan. 2025 yil boshidan buyon umumiy qiymati 16,4 milliard so‘m bo‘lgan 44 mingdan ziyod telefonning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kirilayotgan telefonlarning katta qismi Xitoydan keltiriladi. 2025 yilning yanvar–may oylarida olib kirilgan 1,56 million dona telefonning 1,2 millioni Xitoydan import qilingan. Shuningdek, 304,5 ming dona telefon Vetnamdan, 47,3 ming dona esa BAAdan olib kirilgan.
Telefon importidagi pasayish turli omillar, jumladan ichki bozordagi talab o‘zgarishi, noqonuniy savdo va soliq-boj tartibotlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mutasaddilar bu borada tahlillar olib borishni va zarur choralar ko‘rishni ko‘zlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18 iyul kuni 57 dona iPhone qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun pora olgan bojxona inspektori qo‘lga tushganligi haqida xabar bergan edik.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.