Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi, 18-paket sanksiyalarini joriy etdi. Bu safar 22 ta bank, 105 ta tanker va suveren investisiya jamg‘armasi qamrab olindi. Bundan tashqari, kino rejissyor Karen Shaxnazarov ham shaxsan sanksiyalarga duchor etildi.
2025 yil 18 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi 18-sanksiyalar paketini rasman qabul qildi. Ushbu cheklovlar Ukrainadagi urush davomida Rossiyaning energetika, bank va harbiy salohiyatini zaiflashtirishga qaratilgan.
Yangi sanksiyalar doirasida Rossiyaning yana 22 ta bankiga, jumladan, «Yandeks-bank», T-bank, «Sankt-Peterburg» banki, Ozon bank va «Surgutneftegazbank»ka tranzaksiyalar o‘tkazish taqiqlanadi. Shuningdek, Rossiyaning suveren investisiya fondi — RFPI bilan har qanday operasiyalarni amalga oshirish taqiqlandi.
Evropa Ittifoqi Rossiya neftiga qo‘yilgan narx chegarasini 60 dollardan 47,6 dollarga tushirdi hamda «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» quvurlari bilan bog‘liq har qanday tranzaksiyalarni taqiqladi. Shuningdek, 105 ta Rossiya tankerlariga Yevropa portlariga kirish va xizmat ko‘rsatish man etildi.
Shaxsiy sanksiyalar ro‘yxatiga taniqli rus rejissyori va «Mosfilm» rahbari Karen Shaxnazarov, Qrim federal universiteti rektori Vladimir Kuryanov va boshqa 14 nafar fuqaro kiritildi. Ularning orasida Xitoy, Hindiston va Eron fuqarolari ham bor.
Sanksiyalar ro‘yxatida shuningdek Rossiyaning 23 ta kompaniyasi, shu jumladan, Komintern nomidagi zavod, Smolenskdagi telekomunikasiya NII va Podmoskovyedagi maxsus jihozlar zavodi ham bor. Xitoy, Hindiston, Singapur, Ozarboyjon va BAAdan bir necha xorijiy kompaniyalar ham cheklovlarga uchradi.
Sanksiyalar qabul qilinishi so‘nggi oylarda Slovakiyaning energiya ta’minoti bo‘yicha kafolatlarga oid qarshiligi tufayli kechiktirilgan edi. Ammo Yevropa Ittifoqi ichki kelishuvga erishdi va cheklovlar kuchga kirdi. Ittifoq tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Kaya Kallasga ko‘ra, ushbu cheklovlar Rossiyaning muhim iqtisodiy tarmoqlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жей Ди Вэнс Fox News телеканалига берган интервюсида журналистнинг Трамп ва Путин ўртасида Аляскада бўлиб ўтадиган музокаралар ҳақидаги саволларига жавоб берди.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.