Ommaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi

Ommaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi

Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Oliy sud raisi K.Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar o‘tkazgan ommaviy qabul o‘z nihoyasiga yetdi.

Ommaviy qabulning so‘nggi kuni kecha, 16 iyul sanasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston Badiiy akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlari aholisining murojaatlari o‘rganildi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Ommaviy qabulda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Maxmudova, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosarlari Akbarali Turabov, Maqsudbek Saidov, Shuhrat Abbasov va Sudyalar Oliy kengashi sudyalari, Oliy sud hamda Toshkent shahar sudining fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy sudlarning raislari, sudyalari jami 150 nafar fuqaroning murojaatlarini qabul qilishdi.

Sayyor qabulda Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlari fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlardan 59 nafari jinoyat ishlari, 11 nafari ma’muriy huquqbuzarlik ishlar, 80 nafari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.

  • 70 nafar fuqaroning arizalari qanoatlantirilib, ularning shikoyatlari Oliy sudda mazmunan ko‘rish uchun qabul qilindi;
  • 29 nafar fuqarolarning turli mazmundagi arizalari qabul qilindi va ularning barchasi joyida ijobiy hal qilindi;
  • 51 nafar fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi;

Shuningdek, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha murojaatlar quyidagicha ijobiy hal etildi:

  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan 5 nafar,
  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan 5 nafar,
  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan 5 nafar jami 15 nafar sudlanuvchilarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalar tartibida muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi va jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.
  • 10 nafar fuqarolarga aliment undirish masalasi yuzasidan tushuntirishlar berildi va murojaati ijobiy hal qilindi.
  • 3 nafar fuqaroga ish haqi undirib berildi.
  • 1 nafar fuqarodan esa 360 mln. miqdorida zarar undirish bekor qilindi.

Ommaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildiOmmaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildiOmmaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildiOmmaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildiOmmaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildiOmmaviy qabulning so‘nggi kunida 15 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi​​​​​​​


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!