Jahon oltin narxi 1 troya unsiyasi uchun 1 962 dollarga ko‘tarildi. 23 mart kuni narx 1 991 dollargacha chiqqan edi. Bu 2022 yil mart oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich.
Oltin narxlari oshishi O‘zbekistonga to‘g‘rida to‘g‘ri ta’sir qiladi. Mamlakat zaxiralarida 12,6 mln troya unsiya yoki 392 tonna oltin bor. Mamlakat, odatda narxlar yuqori bo‘lsa oltin eksport qiladi.
Masalan, yanvar oyida oltin narxi ko‘tarila boshladi va O‘zbekiston 1,2 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Fevralda narxlar pasaydi va umuman oltin eksport qilinmadi.
Mart oyida narxlar bir yillik eng yuqori darajaga ko‘tarilgani hisobiga O‘zbekiston oltin eskport qilgan bo‘lishi mumkin. Hammasi aprel oyi boshida, statistik ma’lumotlar e’lon qilinganda aniq bo‘ladi.
Troya unsiyasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun ishlatiladigan og‘irlik o‘lchovi va 31,1 grammga teng.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.