Olti oyda davlat byudjetiga 25,5 trln so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari undirildi

A A A
Olti oyda  davlat byudjetiga 25,5 trln so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari undirildi

2023 yilning 1 yarim yilligida Davlat byudjetiga 25,5 trln so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari undirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov ma’lum qildi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,5 mingdan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga 24,7 trln so‘m miqdorida bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va tarif preferensiyalari qo‘llanildi.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida tadbirkorlarga 4 trln so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.

Imtiyoz va preferensiyalar, kechiktirishga ruxsat berilgan bojxona to‘lovlarining miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga yoki 2,9 trln so‘mga oshdi.

Tadbirkorlarga berilayotgan ushbu imtiyozlar ularning aylanma mablag‘larini ortishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda korxonalarning eksport salohiyati yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Tizimda raqamli bojxona tamoyilini keng joriy qilish hamda tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib to‘lash”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining pul mablag‘larini qaytarish” interaktiv xizmatlari amaliyotga kiritildi.

Bojxona organlariga xalqaro kuryerlik jo‘natmalariga oid elektron ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash maqsadida “E-tranzit” dasturi doirasida “E-tijorat” moduli ishlab chiqildi.

Tovarlarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida, “E-ekspert” axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 20 foizga yoki 4 mlrd dollarga, harakatlangan avtotransport va temir yo‘l vagonlari soni 49 foizga yoki 640 mingtaga, yo‘lovchilar soni 2,5 barobarga yoki 12,5 mln nafarga ortgan bo‘lsada, sohani raqamlashtirish hisobiga:

Sohaga 2,8 mln doll. miqdoridagi grantlar jalb qilinib, bojxona ob’ektlari zarur nazorat-texnik vositalari bilan ta’minlandi.

Xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, aholi sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida bojxona organlari tomonidan ushbu davrda jami 9 915 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, 496 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, bojxona organlari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Toshkent shahri, Farg‘ona, Jizzax

va Sirdaryo viloyatlaridagi 6 ta “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida mukammal ta’mirlash hamda rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda.

Respublikamiz miqyosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilishini nazorat qilish yo‘nalishida Davlatimiz Rahbarining 2023 yil 16 fevraldagi 57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:

Energetika va Qurilish vazirliklari, Bojxona qo‘mitasi rahbarlaridan iborat Respublika shtabi hamda quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bojxona xodimlaridan iborat ishchi guruhlari tashkil etilib, 37 mingga yaqin ob’ektlar monitoring qilindi.

Quyosh panellarini o‘rnatish va bu borada haqqoniy hisobotlar yuritilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari tomonidan “Yashil energiya” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu axborot tizimida joriy yilda qurib foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralari binolari, aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub’ektlarining bino va inshootlarida bugungi kunga qadar o‘rnatilgan umumiy quvvati 211,8 MVtni tashkil etuvchi muqobil energiya manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.