13 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»ni Farmoni e’lon qilindi. Unga asosan, 2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirildi va respublika hududida eng kam oylik ish haqi 202,730 so‘m etib belgilandi, deb yozmoqda Kun nashri.
Eng kam oylik maosh miqdorining oshirilishi bilan endilikda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt narxlari ham ko‘tariladi.
Buning sababi, Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-sonli bayoniga ilovada to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi. Ya’ni har safar EKOIH oshganida OTM talabasi bo‘lish bahosi ham yuqorilab boraveradi. Bunda ikki muhim jihatga e’tibor qaratish lozim.
Birinchidan, kontrakt narxidagi bu o‘zgarish «superkontrakt» asosida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarga dahldor emas.
Shu yilning mart oyida Moliya vazirining buyrug‘i bilan «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Yangi tahrirdagi hujjatning 18-bandiga asosan, ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatasiya xizmatlarining narxlari va tariflari o‘zgarishi munosabati bilan oddiy kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori o‘quv yili davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin, ammo oshirilgan («super») to‘lov-kontrakt miqdori bundan mustasno.
Ikkinchidan esa, o‘quv yili davomida kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori o‘zgarganda kontrakt qiymati navbatdagi semestr boshidan oshiriladi. Ya’ni, EKOIH miqdori 1 noyabrdan boshlab oshirilsa ham, kontrakt narxi bahorgi semestrdan (mart oyidan) ko‘tariladi.
Birinchi yarim yillik uchun to‘langan kontraktga qo‘shimcha to‘lov qilish shart emas. Ammo oldindan bir yillik to‘lovni amalga oshirib qo‘ygan talabalar bahorda kontrakt oshishi sabab yuzaga kelgan farqni to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, hozirda bakalavriat ta’limi uchun EKOIHning 45-60 baravari, magistratura uchun 49-66 baravarida to‘lov belgilangan. Yangi narxlarga asosan, eng arzon kontrakt bakalavriatda 9 mln 122 ming 850 so‘m, magistraturada 9 mln 933 ming 770 so‘mni tashkil etadi.
Manba: sof.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.