Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan aholini o‘ylantirgan masalalar joyida hal etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan aholini o‘ylantirgan masalalar joyida hal etildi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zlari saylangan okruglarda bo‘lib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazyapti, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganib, ularni hal etish choralarini ko‘ryapti.

Xususan, Qonunchilik palatasi deputati Oybarchin Abdullayevaning Oltinsoy tumanidagi uchrashuvlari samarali bo‘ldi. Deputat tumandagi “Jobu”, “Chep”, “Qorliq” mahallalarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashdi.

Muloqotlarda dastlab mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qonunchilik palatasida qabul qilinayotgan qonunlar, xususan, Yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan qonunning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

Shundan so‘ng saylovchilarning murojaatlari tinglandi. Fuqaro Nigora Muhammedova oilaviy sharoiti og‘irligi, bugungi kunda ikki nafar farzandi oliy o‘quv yurtida shartnoma asosida tahsil olayotganini qayd etib, kontrakt pullarini to‘lashda yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu masala joyida hal etildi.

Bundan tashqari, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi binosini ta’mirlash uchun ham mablag‘ ajratildi. Muddat talab etadigan masalalar yechimi deputat nazoratiga olindi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!