Oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabgorlarning test natijalari e’lon qilindi

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabgorlarning test natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki, joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bilan bir vaqtda 2-13-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Bunda respublika bo‘yicha 7 ta oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 8 mingdan ortiq talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi.

Mazkur talabgorlarning test natijalari 2020-yil 16-sentyabr kuni belgilangan tartibda oliy harbiy ta’lim muassasalariga taqdim etildi.

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq, oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiya etilmagan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!