Oktyabr oyida pensiya va nafaqalar qay tartibda beriladi?

Oktyabr oyida pensiya va nafaqalar qay tartibda beriladi?

Ma’lumki, Mehnat Kodeksining 131-moddasiga muvofiq 1 oktyabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" hamda 2 va 3 oktyabr - shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi quyidagilar ma’lum qiladi:

- oktyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 4 oktyabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi;

- pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 4-5 oktyabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!