Kundalik hayotda, og‘zaki va yozma nutqda "Okey/OK" so‘zini juda ko‘p ishlatamiz. Xo‘sh, bu so‘zning asl mazmuni nima, u qayerdan paydo bo‘lgan?
Inglizcha "Okay" (qisqartmasi Ok, O.K.) — bu xalqaro so‘z bo‘lib, rozilik va tasdiq ma’nosini anglatadi. O‘zbek tiliga mos ravishda "Xo‘p", "ha", "hammasi joyida", "yaxshi" va "to‘g‘ri" deya tarjima qilinadi. Ushbu so‘z dastavval Amerika Qo‘shma Shtatlarida paydo bo‘lib, keyinchalik butun dunyoga keng tarqalgan va hozirda eng ko‘p foydalaniluvchi inglizcha so‘z sifatida e’tirof etilgan. 2014 yil 23 martda mazkur so‘zning 175 yilligi nishonlangan. O.K. so‘zi bugungi kunda hamma joyda juda keng qo‘llanilmoqda va uning kelib chiqishi to‘g‘risida har xil fikrlar mavjud. Birinchi taxminga ko‘ra, "O.K." ilk marotaba 1839 yilda Boston gazetasida bosilgan maqolada hazilomuz tarzda tilga olingan va inglizcha "Oll Korrekt" ( "All correct"— "hammasi to‘g‘ri") iborasining qisqartmasini bildirgan. Ikkinchi taxminga binoan, O.K. AQSh prezidenti Martin Van Byuren tug‘ilgan joy— Nyu-Yorkdagi Kinderxuk (Kinderhook) shaharchasi nomidan olingan. Aniqrog‘i, Van Byuren 1840 yildagi saylov kampaniyasida o‘ziga Old Kinderhook taxallusini tanlagan va bu taxullus qisqartirilib "O.K." shaklida mashhur bo‘lgan. Shunga o‘xshash yana bir taxmin mavjud, unga asosan, AQShning yana bir prezidenti Endryu Jekson qaror va farmon qabul qilishda doim "O.K." iborasini ishlatgan, ya’ni loyihalar bilan tanishib chiqib "hammasi to‘g‘ri" deya imzo chekkan.
"O.K." nemischa so‘zdan kelib chiqqan degan qarash ham keng tarqalgan. Gazetada chop etilishidan oldin maqolalar muharrirlarga yuborilgan va ular matndan xato topishmasa, maqolaga "O.K" ( Ohne Korrektur— tuzatishlar yo‘q) belgisini qo‘yib berishgan. Fransuzlar ushbu ibora urush paytida paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Ikkinchi jahon urushi paytida ingliz uchuvchilari tomonidan keng qo‘llanila boshlangan, ular bazaga hech qanday yo‘qotish yo‘qligi va umuman aviasiyada hech qanday muammo yo‘qligi haqida xabar berishda 0K ("0 killed")— "halok bo‘lganlar yo‘q" dan foydalanishgan. AQShning Oklaxoma shtati aholisi esa "O.K."ni o‘z shtatlarining nomidan kelib chiqqan deb da’vo qilishadi. AQShda va ko‘plab mamlakatlarda OK ni maxsus imo-ishora orqali ifoda etish keng yoyilgan — bosh va ko‘rsatkich barmoq uchlarini bir- biriga tekkizib, halqa hosil qilinadi. Biroq, bu ishora Braziliyada juda salbiy qabul qilinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.