Odamzotning olam manzarasi haqidagi tafakkur va tasavvurlari taraqqiyoti

A A A
Odamzotning olam manzarasi haqidagi tafakkur va tasavvurlari taraqqiyoti

Ong va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday odam albatta bir kun kelib o‘ziga-o‘zi bu dunyo qanday tuzilgani, Yer, Quyosh va koinot nimalardan iborat ekani haqida savol beradi. Bunday savollar eng uzoq ajdodlarimizdan boshlab bizning davrimizda ham deyarli hammaning fikrini bir necha bor egallagan. Bashariyat taraqqiyoti asnosida odamlar borliq tuzilishi haqidagi tasavvur va bilimlarini boyitib bordi. Natijada uzoq ajdodlarimiz dunyoni shunchaki okean o‘rtasida joylashgan yassi Yer ko‘rinishida tasavvur qilgan bo‘lsa, sivilizasiyaning hozirgi bosqichida endi biz multivers nazariyasiga ham yetib keldik. «Daryo» kolumnisti Muzaffar Qosimov ushbu maqolasida turli zamonlarda odamlar olam tuzilishini qanday tasavvur qilgani va olam tuzilishi haqidagi bilimlar qay tarzda rivojlanib borganiga to‘xtaladi.

1. Shumerlar tasavvurida: hammasi okeandan paydo bo‘lgan

Shumer xalqi qadimgi Mesopotamiya hududida miloddan avvalgi 4-ming yillikda gullab-yashnagan sivilizasiya asoschilaridir. Yozuvni aynan ular kashf etgan deb qaraladi. Astronomiya, taqvim, idoraviy boshqaruv tizimi singari narsalarni ham shumerlar birinchi bo‘lib qo‘llagan. Umuman olganda, shumerlarni insoniyat sivilizasiyasining asoschilari deyish mumkin; ular egallagan bilimlarni bobilliklar orqali yunonlar o‘zlashtirgan va rivojlantirgan.

Shumer xalqining borliq tuzilishi haqidagi kosmologik tasavvurlari ularning madaniyatiga oid asori-atiqalarda, xususan, sopolga o‘yib ishlangan bitiklarda ko‘rsatib o‘tilgan. Amerikalik shumershunos olim Samyuel Kramer XX asr o‘rtalarida shumerlarning olam tuzilishi haqidagi tasavvurlariga oid maqola yozgan. Unga ishonadigan bo‘lsak, shumerlar borliqni quyidagicha tasavvur qilgan:

  • avvaliga faqat ummon bo‘lgan; u qayerdan paydo bo‘lgani haqida savollar berilmaydi; shumerlar tasavvurida ushbu ummon doimo, abadiy mavjud bo‘lgan;
  • o‘sha ummondan tog‘ va osmon paydo bo‘lgan;
  • ma’bud An va ma’buda Ki nikohidan havo ma’budi Enlil tug‘ilgan;
  • Enlil osmonni tepaga ko‘tarib, yerdan ajratib qo‘ygan;
  • keyin esa Enlil onasi yordamida odam, hayvonlar va o‘simliklarni yaratgan.

Natijada, shumerlar tasavvurida, olam bugungi manzara kasb etgan. Ularning fikricha, Yer yassi bo‘lib, uning ustini osmon gumbazi qoplab turadi. Yerning ostida esa hech nima yo‘q bo‘shliq joy bo‘lib, o‘lganlar shu joyga tushadi. Undan ham pastda, yana faqat birlamchi ummon – Nammu bor.

2. Qadimgi xitoylar tasavvuri: dunyo tirik tug‘ilgan

Qadimgilarning aksar tushunchalarida olam yoki betartib xaosdan, yoki okeandan paydo bo‘lgan deyilsa-da, lekin, masalan, xitoylarda olam tirik tug‘ilgan degan tasavvurlar ham bo‘lgan. Odatda bunday tug‘ilishda biror ma’budning ma’buda bilan nikohidan yoki ma’bud qiyofasidagi biror jonivordan ibtido boshlangan deb fantaziya qilingan.

Xitoylar tasavvurida eng avval yarmi In, yarmi Yan deb nomlangan tuxum paydo bo‘lgan. Undan Pan-Gu ismli birinchi odam yorib chiqqan emish. Chiqiboq u bolta bilan (boltani qayerdan oldiykin?) In va Yanni alohida qilib chopib tashlaydi. In Yerga, Yan esa osmonga aylanadi.

Pan-Gu butun umri davomida Yerni va osmonni surib, bir-biridan uzoqlashtirishga harakat qiladi. U vafot etgach, uning nafasi shamolga, bir ko‘zi Quyoshga, ikkinchi ko‘zi esa Oyga aylanadi. Qonidan daryolar hosil bo‘ladi, soqolidan esa Somon yo‘li va yulduzlar paydo bo‘ladi va hokazo. Xullas, afsonaga ko‘ra, uning har bir tana a’zosidan nimadir paydo bo‘ladi.

Xitoylar olam manzarasini aynan shunday tasavvur qilgani haqida miloddan avvalgi II asrga oid qo‘lyozmalarda qaydlar keltirilgan. Shunga o‘xshash tasavvur bobilliklarda ham bo‘lgan. Ular Marduq ismli ma’bud Tiamat ismli ma’budani yengib, uning tana a’zolaridan Yerni va osmonni yaratgan deb ishongan.

Hindlar: Yerni toshbaqa va fillar ko‘tarib turadi

Ha, biz ko‘pchiligimiz o‘rta maktab tabiashunoslik darsligida ko‘rgan o‘sha rasm – yassi Yerni toshbaqa (yoki kit) ustidagi uchta fil ko‘tarib turadigan ko‘rinishdagi tasavvurni hind xalqi shakllantirgan. Hind eposiga ko‘ra, ma’bud Vishnu toshbaqa qiyofasiga kirib, Yerni o‘z ustiga ortib ko‘tarib turadi va keyinchalik unga to‘rtta fil yordamga keladi. Umuman olganda, bu eposning bir talqini xolos. Boshqa talqinlarga ko‘ra, toshbaqa ustida Yerni kit, qo‘tos va hatto ayiq ko‘tarib turadigan tasavvurlar ham bo‘lgan.

Lekin negadir bu cho‘pchaklarni ba’zi manbalarda yunon mifologiyasiga ham aloqador deb beriladi. Adolat yuzasidan aytish kerakki, hindlar Yerni toshbaqa ko‘tarib turishini aytib yurgan paytda Yunonistonda Aristotel va izdoshlari Yer shar shaklida ekanini fahmlab bo‘lgan va hatto uning radiusini aniqlashga oid hisob-kitoblarni bajarayotgan edi.

Yunonlar: Yer shar shaklida

Yuqorida aytganimizdek, Yer shar shaklida bo‘lsa kerak degan fikr yunon ilm-fanida shakllana boshlagan. Aytishlaricha, bunday taxmin ilk bor Pifagor tomonidan aytilgan emish. Pifagorning o‘ziga tegishli biror yozma asar saqlanib qolmagan bo‘lsa-da, bunday fikr aynan undan qolgani haqidagi qaydlar Platon asarlarida uchraydi. Platondan uni Aristotel meros qilib olgan.

Er sharsimon ekanini ilmiy isbotlashga uringan Aristotel Oy tutilishlari vaqtida unga Yerning soyasi shar shaklida tushayotganiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, janubroqda ko‘rinadigan ayrim yulduzlar shimoliy hududlarda ko‘rinmasligi ham bilvosita dalil sifatida keltirilgan.

Oradan bir asrga yaqin vaqt o‘tgach, yana bir yunon olimi Eratosfen Yer meridiani aylanasi uzunligini o‘lchash ishlarini bajargan. Shu tariqa, milod boshidagi yunon ilm-fani Yer shar shaklida ekaniga uzil-kesil amin bo‘lgan.

Yana yunonlar: Yer – olamning markazi

Ha, yunonlar Yer shar shaklida ekanini aniqlab oldi. Ularning o‘zlarida ham, boshqa xalqlarda ham bu fakt juda qiyin qabul qilingan bo‘lsa-da, Yer shar shaklida tasavvur qilinishi ko‘plab tabiat hodisalarining mohiyatini anglashda qo‘l keldi. Shunga qaramay, qaysar olimlar, jumladan, Demokrit Yerni yassi deb hisoblashda davom etgan. Yoki yana bir olim – Anaksimandr Yer silindr shaklida deb ta’kidlashdan charchamagan. Lekin ularning barchasini bir yakdillik birlashtirib turar edi: ularning hammasi Yerni olam markazi deb hisoblagan. Quyosh va boshqa yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblashgan. Bu fikr Aristotel tomonidan e’tirof etilgach, ilm-fanda bu tushuncha keyingi 14 asr muddat uchun mustahkam o‘rnashib qoldi.

Aytish joizki, yunonlar ichida ham Yer Quyosh atrofida aylanishi haqida fikrga kelgan olimlar ham bo‘lgan. Masalan, samoslik Aristarx Yer ham o‘z o‘qi atrofida, ham Quyosh atrofida aylanadi, yulduzlar esa aql bovar qilmas darajada uzoqda joylashgan degan gipotezani ilgari surgan. Shunga qaramay, Aristotelning obro‘si hammasidan ustun keldi va hamma Yer olamning markazi degan gapga ishonib qoldi. Ayniqsa nasroniy cherkoviga bu gap ma’qul kelardi, ayniqsa Rim papalari bu fikrni mahkam ushlab olishgandi. Unga qarshi chiqqanlar esa dahriy deya qattiq ta’qibga olinardi.

Ptolemey: geosentrizm!

Aristotel asos solgan ta’limot – Yer olamning markazi ekani haqidagi fikrlarni milodiy II asrda Ptolemey yanada rivojlantirdi. U 13 ta kitobdan iborat «Almagest» nomli fundamental asar yozgan. Unda Ptolomey qadimgi Bobil va Yunoniston astronomiyasi egallagan bilimlarni umumlashtirib, qo‘shimchasiga matematik izohlar bilan to‘ldirib, borliq tuzilishi haqidagi qarashlarini bayon etgan.

XIV asrgacha ilm-fanda hukm surgan geosentrizm nazariyasini, ya’ni Quyosh, yulduzlar va boshqa sayyoralar Yer atrofida aylanishi haqidagi nazariyani aynan «Almagest» hammaga uqtirib kelgan. Bunday yanglish qarashlarni barbod qilish uchun esa mislsiz jasorat talab qilingan: bir necha olimning hayoti o‘tda kuydirilgan. Yodingizga solib o‘tay: Galiley Yer Quyosh atrofida aylanadi degani uchun, Vatikan inkvizisiya sudi tomonidan qiynoqqa solingan, Jordano Brunoni esa gulxanda yoqib yuborishgan.

Kopernik: geliosentrizm

Aslida Ptolemey va Aristotelga qarshi bosh ko‘targan eng jasur «jangchi» Kopernik edi. Galiley va Jordano Bruno aynan Kopernikning fikrlarini ma’qullagani uchun ta’qibga uchragan. Kopernik 1543 yilda «Osmon qobiqlarining aylanishi haqida» nomli kitobini chop etdi. Unda Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanishini, yulduzlar esa mislsiz masofalar bilan uzoqlikda joylashgan ob’ektlar ekanini matematik asoslari bilan isbotlab berdi.

Kopernik bu kitob ustida 40 yil mehnat qilgan va shunda ham kitobini faqat o‘ziga eng yaqin odamlarga tarqatgan xolos. U bu ishi uchun cherkov ta’qibiga uchrashini juda yaxshi anglagan va shu sababli ham kitob chiqarilishini imkon qadar kechiktirib, faqat 70 yoshga yetganda, ya’ni yo‘qotadigan narsasi qolmagan, «bir oyog‘i go‘rda» bo‘lgan paytida oshkor qilgan.

Kepler – osmon qonunchisi

Ptolemey g‘oyalariga yakuniy zarba bergan olim esa nemis astronomi Iogann Kepler bo‘ladi. Uni astronomlar «osmon qonunchisi» deb ham atagan. Sayyoralarning harakat qonunlarini o‘ta katta matematik aniqlikda ochib bergan bu olim Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida ellips shaklidagi orbita bo‘ylab harakatlanishini ko‘rsatib bergan edi. Kepler tufayli biz Yer Quyosh tizimidagi sayyoralardan biri ekani va u hech qanaqasiga olam markazi emasligini eng radikal rohiblarga ham tan oldirdik. Biroq Kepler ham o‘z zamonasining farzandi edi. Shunga muvofiq u koinot Quyosh sistemasi bilan chegaralangan deb o‘ylagan va umuman borliqning qayeridadir aniq chegarasi bor deb hisoblagan.

Uilyam Gershel: galaktika

Borliq Quyosh sistemasidangina iborat emasligi, aksincha, Quyosh sistemasi aslida ulkan Somon yo‘li galaktikasining ovloq bir cheti xolos ekanini birinchi bo‘lib XVII asrda yashab o‘tgan ingliz astronomi Uilyam Gershel mulohaza qilgan. Ungacha, 1610 yilda Galileo Galiley o‘z teleskopi bilan osmonni kuzatib, oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydigan yana yuzlab yulduzlar mavjudligini aniqlagan edi.

Gershel osmondagi yulduzlarni sanab, ularning joylashuvini jadvalga tushirib borar ekan, ular muayyan bir aylana shaklida g‘uj bo‘lishini tushunib yetdi. Ushbu aylana markaziga yaqinlashgan sari yulduzlar soni ortib borar edi. Quyosh yulduzlardan biri ekani va demakki u hech qanaqasiga olam markazi bo‘lmasligini bu paytda ko‘plab astronomlar fikr qila boshladi. Shunday qilib, odamzotning olam tuzilishi haqidagi tasavvurlari Somon yo‘li galaktikasigacha kengaydi.

Sharl MessYE: «anavi xira narsalar nima?»

Gersheldan keyin ancha paytgacha olimlar koinot va borliq shu birgina Somon yo‘lidan iborat deb o‘ylagan. Chunki eng kuchli teleskoplar ham Somon yo‘lidan naridagi narsalarni ko‘rsata olmas edi. Shu sababli Somon yo‘li koinotdagi yagona galaktika deb qaralgan (va galaktika deganda faqat Somon yo‘li tushunilgan).

1730–1817 yillarda yashab o‘tgan farang astronomi Sharl Messye esa o‘zi bilmagan holda bu tushunchaga katta shubha tug‘diruvchi bir ish qilib qo‘ydi. U aslida osmondan biror yangi kometa kashf qilish va shu orqali ilmiy shuhrat qozonish ilinjida edi. Shu sababli u tunlari mijja qoqmay osmonni kuzatar, kometaga o‘xshash biror ob’ektni ko‘rib qolsa, uni katta sinchkovlik bilan tekshirar edi. Biroq har safar u kuzatgan ob’ektning kometa emasligi ma’lum bo‘lardi.

Shu tariqa u hafsalasi xunob bo‘lavergach, kometa emasligi aniq bo‘lgan ob’ektlarni alohida jadvalga qayd qilib bordi. Ular teleskopda juda xira ko‘rinadigan, aftidan na yulduz, na sayyora va na kometa bo‘lmagan, tushunarsiz ob’ektlar edi. Ular xiraligidan astronomlar shunchaki «tumanlik» deb qo‘yishardi.

Vaqt o‘tishi bilan Messye jadvalidagi bunday ob’ektlar soni ortib bordi. U hayotligi paytida bunday tumanliklardan 45 tasini o‘z ichiga olgan Messye katalogi tuzilgan edi. Yana aytamizki, bu shunchaki kometa emasligi aniq bo‘lgan va Messyening fikricha, ularga e’tibor qaratish behuda bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxati edi.

Biroq «bu tumanliklar o‘zi nimadan iborat?» degan savol astronomiyada markaziy o‘rin egallay boshlagandi. XIX asrda yashab o‘tgan Jon Gershel (Uilyam Gershelning o‘g‘li) bunday tumanliklardan 5 mingga yaqinini kashf qildi. Teleskoplar kuchliroq bo‘lib, takomillashib borishi bilan tumanliklarning shakli ham tiniqroq namoyon bo‘la boshlagan.

1845 yilda irlandiyalik astronom lord Ross bu tumanliklar shakliga ko‘ra spiralsimon va elliptik ko‘rinishda ekanini ko‘rsatib berdi. 1920 yillarda esa Somon yo‘lidan tashqarida joylashgan bu kabi tumanliklardan 120 000 tasi qayd qilingan edi. Bularning barchasi avvalgidek hamon Messye katalogiga kiritib borilardi va «ular o‘zi nima?» degan savol ochiq qolayotir edi.

Xabbl: koinotda galaktikalar bisyor!

Koinot shugina Somon yo‘li galaktikasi bilan cheklanmasligi, aksincha, Somon yo‘li ham koinotning shunchaki ovloq bir cheti ekani haqidagi fakt 1924 yilda Edvin Xabbl tomonidan isbotlandi. U Maunt-Vilson rasadxonasidagi 100 dyumlik teleskopdan o‘sha Messye ob’ektlaridan biri – Andromeda tumanligini sinchiklab kuzatdi. Bu tumanliklarning o‘zi nima ekanini hech kim bilolmay yurgan paytda Xabbl Andromeda Somon yo‘liga qo‘shni bo‘lgan yana bir galaktika ekanini ko‘rsatib berdi. Shundan so‘ng koinotdan yana yuzlab, minglab va millionlab galaktikalar kashf etildi.

Hozirgi kunda koinotda bizga ma’lum galaktikalar soni 400 milliarddan 2 trilliontagacha deb baholanadi. Ayrim manbalarda hatto galaktikalar soni 7 trilliontadan ziyod ekani keltiriladi. Biroq bu borada aniq raqamni haliveri hech kim ayta olmasa kerak. Chunki buni aniqlash uchun nafaqat teleskoplarimiz imkoniyati chegaralangan, balki fizika qonunlari ham yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, o‘ta favqulodda olisdagi galaktikalarning nuri shunchaki bizga yetib kelmasligi mumkin; qolaversa, koinotda galaktikalar muntazam va beto‘xtov bir-biridan uzoqlashadi, ya’ni koinot kengayib boradi. Ustiga ustak, bu kengayish bir maromda emas, balki tezlanish bilan sodir bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, bizdan eng olisdagi galaktikalarning tezlanishi shu qadar kattaki, ularning nuri bizga yetib kelishdan avval qizilga siljish qonuniga ko‘ra mahv bo‘lib ketadi va biz ularni hech qanday teleskop bilan ko‘ra olmaymiz.

Fridman va Georgiy Gamov: Ulkan portlash

Koinot beto‘xtov va tezlanish bilan kengayayotganini ham Edvin Xabblning o‘zi 1929 yilda isbotlab bergan edi. Bu fakt yuzasidan XX asrning 30-yillarida ilm-fanda juda katta bahslar boshlanib ketdi. Basharti koinot kengayayotgan bo‘lsa, demak, qachonlardir u torroq bo‘lgan! Shu mantiqqa ko‘ra, «kassetani orqaga aylantirsak», uzoq o‘tmishda koinot juda tor joyni egallagan, kichik hajmli bo‘lgan. Eng boshida esa u hajmi cheksiz kichik va zichligi cheksiz katta bo‘lgan nuqtadan favqulodda Ulkan portlash orqali shakllangan bo‘lib chiqadi!

Borliqning aynan shu mantiqqa asoslangan taraqqiyot manzarasi bugungi kun ilm-fanida tan olingan nazariya hisoblanadi. Uni Ukrainadan AQShga muhojirlikka ketgan olim Georgiy Gamov taklif qilgan «qaynoq koinot» nazariyasi asosida shakllantirilgan.

Adolat yuzasidan aytish joizki, Ulkan portlash nazariyasini Gamovdan avvalroq Aleksandr Fridman ilgari surgan edi. Uning g‘oyalariga ko‘ra, Ulkan portlashdan keyin koinot birdaniga kengayib, undan Quyosh va yulduzlar bir paytning o‘zida paydo bo‘lgan deb yanglish qarash bildirilgan. Gamov va undan keyingilar esa Ulkan portlash darhol biz bilgan koinotni hosil qilmagani, aksincha, koinot boshida juda qaynoq bo‘lib, u asta-sekinlik bilan sovishi oqibatida evolyusion rivojlanish yuzaga kelgani, yulduz va sayyoralar shakllanishiga milliardlab yillar ketganini ko‘rsatib berdi.

Hozirgi bizning koinot bundan 13,7 milliard yil oldin shunday bir kichik, o‘ta zich va o‘ta qaynoq nuqtaning Ulkan portlashidan hosil bo‘lgan degan qarash bu siz va bizning zamonimiz odamlari tasavvuridagi olam manzarasidir. Borliq haqidagi bugungi kun tasavvuri shu miqyosni egallagan. Hozircha.

Hozircha deyilishiga sabab, yuqoridagi matndan ko‘rib turibsizki, borliq haqidagi bilimlarimiz ham tobora kengayib bormoqda. Ajab emaski, biz yoki bizdan keyingi avlod bundan ham ko‘proq ma’lumotni qo‘lga kiritar va odamzotning olam tuzilishi haqidagi tushunchalari yanada kengayib boraverar.

Koinot 2.0 – Multivers?

Inchunun, hozirda ilm-fanda endi-endi shakllanib kelayotgan «multivers nazariyasi» bu borada navbatdagi qadam bo‘lishi mumkin.

Multivers nazariyasiga ko‘ra, bizning koinot ham yolg‘iz emas va unga qo‘shni boshqa yana ko‘plab koinotlar bor. Xuddi bizning koinot qachonlardir bitta kichik nuqtadan portlab paydo bo‘lgani singari, boshqa shunday nuqtalar qayerdadir portlamayotganiga hech kim kafolat bera olmaydi. Qo‘shni koinotlarda mutlaqo boshqacha fizika qonunlari amal qilishi va u joylarda biz tasavvur ham qila olmaydigan ishlar bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Multivers nazariyasini tekshirish olam manzarasi haqidagi tasavvurlarimizni navbatdagi bosqichga olib chiqadigan jarayon bo‘ladi. Bu keyingi bir necha avlod olimlar uchun mushohada mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

Senator bloger Chechenkaga chora ko‘rishni so‘radi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилиб, ҳуқуқий баҳо бериш мақсадида 14 июль куни ИИВга расмий сўров юборилди.

Ayrim maktablarda qizlarga yubka kiyish taqiqlandi. Ota-onalar norozi!

Таълим вазирлиги ота-оналарнинг шикоятларига жавоб берди.

Saida Mirziyoyevaga keng vakolatlar berildi

Президент Шавкат Мирзиёевнинг янги фармони эълон қилинди.

Rossiya futbolidagilar o‘zbek futbolining yuksalishini hazm qila olishmayapti

Владимир Пономарёв Аббосбек Файзуллаевнинг Туркияда муваффақият қозонишига шубҳа қилмоқда.

Yaqin oylarda Ukraina yangi prezidentga ega bo‘ladi

Зеленский ўз лавозимидан "зўрлик билан" четлаштирилиши мумкинлигини айтди

Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ Ozarboyjonniki deya tan olishda kech qoldi

Арманистон Бош вазири Никол Пашинян Қорабоғ масаласида ўзининг сиёсий қарорини кеч қабул қилганини тан олди. Унинг таъкидлашича, мазкур қадамда кечикканлик минтақавий зиддиятларни чуқурлаштирди.

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Muradov Professional League ММА ташкилоти нима учун мусобақалар ташкил қилмаётганининг сабаби ҳам айтилди.

Evropa nega Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalarni Isroilga ham joriy etmayapti?

Мерц Европа нега Россияга қўллаётган санкцияларни Исроилга ҳам жорий этмаётганини тушунтирди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Isroil 25 davlatga qarshi chiqdi

Бу ҳақда Исроил ТИВ хабарида айтилган.

Rafinya futbolchilik faoliyatini yakunladi

Бу ҳақда футболчи Sportv канали эфирида маълум қилди.

Rossiya Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketiga javob qaytardi

Россияга қарши душманона ҳаракатлар Россия Федерацияси сиёсатига ҳеч қандай тарзда таъсир ўтказишга қодир эмас

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Bugungi g‘ayritabiiy issiqlik sababli davlat muassasalari yopildi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ хабар бермоқда.

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Isroil mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda HAMASga tegishli o‘nlab manzillarni yo‘q qildi

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Erdo‘g‘an: G‘azodagi genosidga sukut qilish – jinoyatga sheriklikdir

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Tramp: Obama va demokratlar Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvi haqidagi ishni soxtalashtirgan

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

O‘zbekistonda yozgi elektr iste’moli qishki ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Texasdagi toshqindan so‘ng yo‘qolganlarning aksariyati topildi

Бу ҳақда CNN телеканали маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Suriyaning As-Suveyda viloyatidagi to‘qnashuvlarda 426 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Сурия Инсон ҳуқуқлари тармоғи (SNHR) ўз ҳисоботида маълум қилди.

G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida ochlik va kam ovqatlanishdan 18 kishi vafot etdi

Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлигининг маълум қилишича, муҳосарадаги Ғазо секторида сўнгги 24 соат давомида очлик ва кам овқатланиш оқибатида 18 киши ҳалок бўлди.

Zelenskiy: Rossiyaning ommaviy hujumi natijasida Ukrainada 2 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, ўтган тун давомида Украина шаҳарлари ва аҳоли пунктларига 420 дан ортиқ дрон ва 20 тадан ортиқ ракета билан ҳужум қилинган. Ҳужумлар натижасида 2 киши ҳалок бўлган, 15 киши яраланган.

Es-Suveydada druzlar tomonidan majburan ko‘chirilgan beduin oilalari evakuasiya qilindi

Суриянинг Эс-Сувейда вилоятида друзлар қўмондони Ҳикмат ал-Ҳижрига қарашли кучлар томонидан наслдан-насл яшаб келган уйларидан мажбуран чиқарилган бедуин араб оилаларининг бир қисми эвакуация қилинди.

Isroil askarlari G‘azoda oq bayroq ko‘targan tinch fuqarolarga o‘q uzganini tan oldi

Исроил армиясининг амалдаги ва собиқ ҳарбийлари The Wall Street Journal нашрига маълум қилишича, Исроил аскарлари Ғазо секторида гуманитар ёрдам тарқатиш пункти яқинида оқ байроқ кўтариб турган палестинлик фуқароларга нисбатан ўқ узганини тан олди.

Isroil strategiyasi: Mamlakatning siyosiy ustunlikka ega bo‘lish uchun amalga oshirayotgan «o‘yinlari»

16 июл куни Исроил ҳарбий самолётлари Сурия пойтахти Дамашқдаги муҳим объектларга — Мудофаа вазирлиги, Ҳарбий штаб ва Президент саройи атрофига зарба берди. Бу ҳужум оддий ҳаво зарбаси эмас эди — бу аниқ сиёсий стратегиянинг давомидир.

Mashinasiga 200 kilodan ziyod narkotik ortgan diplomat qo‘lga tushdi — Bolgariya

Болгарияда дипломатнинг машинасига ортилган 200 килограммдан зиёд гиёвандлик моддаси мусодара қилинди. Таъкидланишича, мамлакат тарихида бунчалик йирик наркотик партияси биринчи марта фош қилинди.

Navoiyda vodorod sulfid me’yordan 16,8, ammiak 1,4 barobar oshgani ma’lum bo‘ldi

Бунга «Навоийазот» корхонаси чиқиндилари сабаб бўлгани тахмин қилинмоқда. Корхона эса ҳодиса уларга алоқадор эмаслигини билдирган.

"Putin, navbating keldi..."

Сиз бутун дунё ҳисобига арзон Россия нефтини сотиб оляпсиз, ва Президент Трамп бу ўйиндан чарчади.

Xitoydagi xususiy bog‘chada bolalar qo‘rg‘oshindan zaharlandi

Иш бўйича олти киши, жумладан инвестор, директор ва ошпазлар ҳибсга олинган.

Gonkongda kuchli tayfun avj olmoqda

Шамолнинг тезлиги соатига 160 км/соатга етмоқда.

Индонезия соҳилларида бортида 280 нафар йўловчи бўлган паром ёниб кетди

Индонезия ҳарбий-денгиз кучлари ёнғин қурбонлари ва жабрланганларни эвакуация қилиш учун учта кема юборди.

Газода болалар очликдан нобуд бўлмоқда

Бугунги кунда Газода минглаб инсонлар, жумладан, болалар ҳам очлик ва етарли озуқа етишмаслиги сабаб оғир аҳволга тушиб қолган.

Исроил ёрдам маркази яқинида 25 нафар очликдан азият чеккан фаластинликни ўлдирди

Медицин манбаларга кўра, шанба куни Исроил ҳарбийлари Жанубий Ғазонинг Рафа шаҳридаги ёрдам маркази яқинида тўпланган очликдан азият чеккан фаластинликлар тўдасига ўт очиши натижасида камида 25 киши ҳалок бўлди, яна 70 нафардан ортиқ инсон жароҳат олди.

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади — «Ўзгидромет» 21–24 июл (душанба–пайшанба) учун эълон қилган об-ҳаво прогнози шуни кўрсатмоқда.

Ас-Сувайдадаги тўқнашувларда ҳалок бўлганлар сони 940 нафарга етди

Бу ҳақда Syria Human Rights Observatory маълумотига таяниб, The Times of Israel нашри орқали "Report" хабар берди.

Аббас Аракчӣ: Эрон ва Исроил ўртасидаги ўт очмаслик режими жуда нозик

Бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббас Аракчӣ “IRNA” агентлигига берган баёнотида маълум қилди.

Steigan: Трамп Москвага ультиматум қўйди

У Москвадан Украина билан тинчлик келишувини имзолашни талаб қилди.

Трамп Ғазо секторидан 10 нафар гаровдаги шахсни қайтаришга ваъда берди

АҚШ Президенти Дональд Трамп, Ғазо секторидан яна 10 нафар исроиллик гаровдаги шахслар яқин вақт ичида озод қилиниши кутилаётганини маълум қилди.

Трамп АҚШлик медиамагнатнинг судда кўрсатма беришини интиқлик билан кутмоқда

Трамп бу ҳақда Truth Social ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Исроил Ғазодаги қочқинлар лагерлари ва уйларга зарба берди: ҳалок бўлганлар орасида аёллар ва болалар бор

Исроил армияси Ғазо секторидаги турли ҳудудларга, жумладан, яшаш уйлари ва қочқинлар жойлашган чатирларга ҳаво ва қуруқликдан зарбалар берди.

АҚШ элчиси Исроил ҳукуматини масиҳий ташкилотларга нисбатан босимда айблади

АҚШнинг Исроилдаги элчиси Майк Хакаби Исроил ҳукуматининг масиҳий ташкилотлар ва уларнинг хорижий ходимларига нисбатан ҳаракатларидан жиддий норозилик билдирди.

«Бу сафаргиси ҳақиқий»: Исроилга янги санкциялар жорий қилинди

Санкциялар таркибига қурол етказиб беришни тўхтатиш, ҳарбий ҳамкорлини якунлаш, суд орқали жавобгарликни кучайтириш, шунингдек, Исроил компанияларга нисбатан иқтосодий чекловлар жорий этиш каби бандлар киради.

Аслида тарбиячига тарбия керак шекилли: Боғчада 2 ёшли бола шафқатсиз калтакланди

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилмоқда.

Мурод Назаров: "Тошкентда дарахтларни кесишни чекламаслик керак"

Қурилиш соҳасида фаолият юритувчи тадбиркор сўзларига кўра, дарахт кесишга қўйилган чекловлар коррупцияни кучайтиради. У мазкур масалага ечим сифатида қурувчи компания зиммасига кесилган дарахтлар ўрнига янгиларини экишни юклаш кераклигини кўрсатди.

Грузияда жиноий гуруҳлар билан алоқада гумонланган 20 киши қўлга олинди

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ ИИВ вазири ўринбосари Александр Дарахвелидзега таяниб хабар берди, дея маълум қилади “Report” агентлиги.

Исроил ҳужумида Дамашқда ҳалок бўлганлар сони уч нафарга етди, 30 дан ортиқ киши яраланди

Бу ҳақда Сурия Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди, деб хабар бермоқда агентлик SANA.

Киевга қурол бериладими?

Трамп ўзини Россия ёки Украина томонида эмас, «инсонпарварлик томонида» эканини билдирди.

Сирдарёда фуқаро Cobalt’ини йўл четидаги бетон тўсиққа урди. Aвтомашина мажақланиб, ёниб кетди

Ижтимоий тармоқларда тарқалган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий муносабат берилди.

2090 йилгача Тошкент ва Остонада жазирама иссиқ сабаб 23 минг киши ҳалок бўлиши мумкин

Жаҳон банкининг сўнгги таҳлилига кўра, Тошкент шаҳрида юқори ҳароратлар инсон соғлиғи учун жиддий хавф туғдирмоқда.

Хоразмда саксовулфурушларни таъқиб қилган экоинспекторлар калтакланди

Айни пайтда инспекторлар Н.Муҳаммадиев ва О.Ҳесеновга нисбатан оғир жисмоний тажовуз содир этилган, улар турли даражадаги тан жароҳатларини олган.

Сенатор блогер Чеченкага чора кўришни сўради

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилиб, ҳуқуқий баҳо бериш мақсадида 14 июль куни ИИВга расмий сўров юборилди.

Исроил Сурия армияси бош штабининг Дамашқдаги биносига икки марта зарба берди

ЦАХАЛ баёнотида айтилишича, Исроил Сурия жанубидаги друзларга қарши ҳаракатларни кузатишда давом этмоқда.

Кўкдала туманида “газ заправка”даги портлашда 4 киши ҳалок бўлди

Шундан сўнг, 4 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 14:45 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 15:00 да ўраб олинган ва соат 15:35 да тўлиқ ўчирилган.

Гренландиядаги қишлоққа тоғдай келадиган айсберг қулаши мумкин

Қишлоқ яқинида икки улкан муз парчаси бир ҳафтадан бери қимирламай турибди.

Исроил армияси Сурия билан чегарада қўшимча кучларни жойлаштирмоқда

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот хизмати маълум қилди.

Аёвсиз дўппосланган, оёғи синган: Хоразмда экология инспекторлари билан ҳақиқий даҳшат содир бўлди

Воқеа ҳақиқий жангари кинолардагидек: ҳуқуқбузарлар инспекторларни дўппослаб, юк машинаси бортига ортишган. Кейин ўзлари билан олиб кетаётган вақтда инспекторлар ҳаракатланаётган юк машинасининг орқа борт қисмидан ўзларини ташлашган.

Трамп Байденга тегишли 500 тонна печеньени ёқиб юборишга буйруқ берди

800 минг долларлик бу печенье 1,5 миллион болани бир ҳафта давомида озиқлантиришга етар эди.

Германияда ҳижоб туфайли мусулмон аёл ўлдирилди

2025 йил 4 июль куни Германиянинг Ганновер шаҳрида 31 ёшли эркак қўшниси бўлган 26 ёшли жазоирлик мусулмон аёл — Рахма Аятга пичоқ билан ҳужум қилди. Олинган оғир жароҳатлар натижасида Рахма воқеа жойида вафот этди.

“Strong Cities" МЧЖ эгаси қамоққа олинди

Аввалроқ “Strong Cities" МЧЖ Тошкентда янги уй қуриб бераман деб 200 нафар фуқаронинг 5 млрд сўм маблағини ўзлаштиргани ҳақида хабар берган эдик.

Дудуқланадиган болаларни қўрқитиш усули билан даволашга уринган аёлга нисбатан жиноят иши қўзғатилди

Ижтимоий тармоқларда тарқалган, ўзини гўёки дефектолог-психолог деб атаган Д.Ж дудуқланган болаларни сўкиниш ва қўрқитиш усулида даволашга урингани акс этган видеохабар бўйича Болалар омбудсмани 2024 йилнинг якуни ва 2025 йил январ ойида ўрганиш олиб борган ва бу ҳақда жамоатчиликка маълумот берган.

"Sea Breeze" курортининг қурилиши Чорвоқдаги экологик муаммоларга барҳам берадими?

Ўзбекистон Республикаси Экология вазирлиги ва унинг ҳузуридаги Давлат экологик экспертиза маркази, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари учун Озарбайжонга пресс-тур ташкил этилди. Пресс-тур давомида журналистлар “Sea Breeze” компаниясининг Боку шаҳридаги фаолияти билан яқиндан танишдилар ва унинг халқаро экологик стандартларга қай даражада мос келиши ўрганилди.

Тошкентда кибержиноятчилар гуруҳи банк карталаридан 1 млрд сўм ўғирлади

Аниқланишича, фирибгарлар вирус юқтирилган қурилмаларидаги SMS-тасдиқлаш кодларини кузатиб бориш имконини берувчи ёпиқ Telegram гуруҳ яратган.

Диққат! Андижонда ҳоким ўринбосари, статистика ва пенсия жамғармаси бўлимлари раҳбарларининг қилмишлари фош этилди

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.

Ғазо секторида ҳалок бўлганлар сони 58 000 нафардан ошиб кетди

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилган.

Исроил армияси Ғазо секторидаги бир неча ҳудудларга зарба берди: 11 фаластинлик ҳалок бўлди, ўнлаб киши яраланди

2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.

Суриянинг Эс-Сувейда вилоятида друз ва бедуин гуруҳлари ўртасида қуролли тўқнашув: 30 киши ҳалок бўлди, 100 нафар яраланган

Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.

Россия сафида урушган 66 нафар ўзбекистонлик ҳалок бўлди

Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.

Японияда 21 июндан буён зилзилалар тўхтамаяпти

Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.

Air India авиаҳалокати: ёқилғи узатилиши ўчирилгани тасдиқланди, 260 киши ҳалок бўлган

Ҳиндистонда Air India’нинг AI171 рейси билан боғлиқ авиаҳалокатни текшириш доирасида тажовузкор воқеалар аниқланди.

Бугундан 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди

Олий ва касбий таълим муассасаларига кириш бўйича 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди.

Россия: жазирама об-ҳаво туфайли Ставрополь ўлкасида электр энергияси навбатма-навбат ўчирилмоқда

У ерда ҳаво ҳарорати +42°C даражагача кўтарилган.

Британиянинг Эссекс графлигидаги Саутенд аэропортида кичик ўлчамли самолёт қулаб тушди

Beechcraft King Air B200 самолёти Нидерландияга йўл олаётган бўлган

Грузияда савдо маркази портлаш хавфи сабаб эвакуация қилинди

Айни вақтда антитеррор кучлари томонидан хавфсизлик чоралари кўрилмоқда ва марказ тўлиқ текширилмоқда.

Марғилонда Жентра кўчада ўйнаб ўтирган ёш болани босиб кетди

Ҳодиса жорий йилнинг 10 май куни содир бўлган. Боланинг ҳаёти сақлаб қолинган

Миробод туманида таъмирланаётган бинода ёнғин чиқди

Вазият тўлиқ Тошкент шаҳар ФВБ томонидан назоратга олинган.

Исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжидига рейд уюштиришди

Оккупация қилинган Шарқий Қуддусда, Исроил полицияси ҳимояси остида, фаластинликларга тегишли ерларни босиб олган исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжиди ҳудудига рейд уюштиришди.

Исроил ҳужуми оқибатида фаластинлик ўсмир фалаж бўлди ва ҳаёти учун курашмоқда

Мусабнинг қисмати — Ғазода тинч аҳоли, айниқса болалар қандай азият чекётганини намоён этувчи яна бир ҳужжатли мисол бўлиб қолмоқда.

АҚШ энди Япония ва Австралияга босим ўтказмоқда. Нега?

Бу ҳақда Financial Times (FT) газетаси манбаларига таянган ҳолда хабар берди.

Фарғонада Қирғизистондан олиб келинган 14700 дона кучли таъсир қилувчи дори воситалари мусодара қилинди

Фуқаролар ушбу дори воситаларини келгусида сотиш мақсадида Қўқон шаҳрида ижарага олинган хонадонга олиб борган вақтларида ушланди.

Ғазо секторида камида 650 000 нафар бола очарчилик хавфи остида қолмоқда

Бу ҳақда Al Jazeera телеканали хабар берди.

Трамп: Украинага қурол етказиб бериш НАТО орқали амалга оширилади

Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.

Рафаҳда инсонпарварлик ёрдамини кутган фаластинликларга қилинган ҳужумда 10 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Ғазодаги тиббий манбалар маълум қилмоқда.

Самарқандда 16 ёшли қиз операция пайти вафот этди

Ҳозирда ҳолат юзасидан суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Исроил бир кечада Ғазода 97 нафар фаластинликни ўлдирди

Бу ҳақда Al Masirah телеканали маълум қилди.

Трамп Путинни Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини айтди

АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.

БМТ: Ғазода 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан буён овқатсиз қолган

БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.

Қозоғистонда 1 миллионга яқин сайғоқни отишга қарор қилишди

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

Россия транспорт вазирининг ўз жонига қасд қилиши қурилишдаги коррупция билан боғлиқ — ОАВ

Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?

Ғазода Исроил ҳужумлари оқибатида 15 нафар фаластинлик ҳалок бўлди

Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.

2023 йил 7 октябридан буён Ғазо ва Ғарбий соҳилда 17 мингдан ортиқ фаластинилик ўқувчи ҳалок бўлди — Фаластин таълим вазирлиги

Фаластин Миллий маориф ва олий таълим вазирлигининг маълумотига кўра, 2023 йил 7 октябридан буён — Исроилнинг Ғазо секторига қарши ҳарбий амалиётлари бошланганидан бери — Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда 17 315 нафар ўқувчи ҳалок бўлган, яна 27 191 нафар ўқувчи яраланган.