Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolning qamoqda saqlash muddatini uzaytirish zarurligi to‘g‘risidagi sud majlisi o‘tkazilayotgan G‘arbiy okrug sudi hududiga ruxsatsiz kirishga uringan kamida 17 kishi ushlandi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
Uning ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:24 da bir erkak sud binosi atrofidagi devordan oshib o‘tgan va darhol qo‘lga olingan. U prezidentni ozod qilishni talab qilgan. Shundan so‘ng yana 16 kishi to‘siqdan oshib o‘tib, sud hududiga kirgan. Ular ham ushlangan. Bu shaxslar prezident tarafdorlari bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Sud binosi oldida prezidentning tarafdorlari miting o‘tkazmoqda, ular prezidentni qamoqdan ozod qilishni talab qilmoqda. Polisiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 12 ming kishi ishtirok etmoqda.
Qamoq muddatini uzaytirish bo‘yicha sud majlisi mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da boshlandi. Sobiq prezidentlar bilan bog‘liq shunga o‘xshash eshituvlar tajribasidan kelib chiqib, masala yechimi kechasi kech soatlargacha cho‘zilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
18-март куни кечқурун Лиговск проспектидаги "Галерея" савдо мажмуаси ёнида бир гуруҳ ёшлар орасида тўппончага ўхшаш буюм билан рақсга тушган 19 ёшли Ўзбекистон фуқароси полиция томонидан ушланди.
Украина Қуролли Кучлари 70 дан ортиқ ҳарбий хизматчи, 3 та танк, 2 та БМП, 11 та зирҳли жанговар машина, 3 та муҳандислик машинаси, 7 та енгил автомобиль вa тўртта артиллерия қуролини йўқотди
“Репорт” нинг “ТАСС”ГА таяниб хабар беришича, ҳозирда майдонда 1000 га яқин одам бор, бироқ турли сиёсий ва ижтимоий ҳаракатлар байроқлари остида намойишчилар колонналари Конгресс томон юришда давом этмоқда.
Россия Президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Россия етакчиси Владимир Путин ва унинг америкалик ҳамкасби Дональд Трамп ўртасидаги музокаралар ҳақида гапирди.