Odam koronavirusga yuqqanman deb o‘ylasa, qanday yo‘l tutishi kerak?

Odam koronavirusga yuqqanman deb o‘ylasa, qanday yo‘l tutishi kerak?

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

❓Odam kunlik ehtiyoj uchun ko‘chaga chiqqanda (do‘konga, dorixonaga va h.k.) oldidan chiqqan odamdan kasallikni yuqtirib olish va uydagilarga yuqtirib qo‘yish mumkinligi to‘g‘risida fikr (vahima, qo‘rquv) paydo bo‘lsa, uyga qaytib kelgach, o‘zini qanday tutishi kerak, kimga murojaat qilish kerak?

❗️Karantin paytida ham ehtiyoj tufayli do‘konga yoki dorixonaga chiqishga to‘g‘ri kelsa, qaytib kelgach bolalaringiz bilan ko‘rishish, erkalatish va gaplashishdan oldin qo‘ldingizni yaxshilab sovun bilan yuving, og‘zingizni va burningizni suv bilan bir necha marotaba chaying, imkon bo‘lsa antiseptik vositalar bilan qo‘lingizga ishlov bering. Bilingki, qo‘rquv, vahima va hadik ham — kasallanishdan saqlaydigan ma’naviy immunitetlardan biri hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!