Ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish jinoyatini sodir etgan shaxslarga aniqlandi

Ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish jinoyatini sodir etgan shaxslarga aniqlandi

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, fuqaro M.I Andijon tumanida yashab kelgani holda qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga jalb qilish va talonchilik, ya’ni hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib o‘zgalarning mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.

Jumladan, fuqaro M.I. sheriklari M.M va R.O bemashaqqat yo‘llar bilan pul topish uchun o‘ziga tanish va notanish bo‘lgan, mo‘may daromadga ega fuqarolarning mol-mulklarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishni maqsad qilgan.

Ya’ni u, jinoiy sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, joriy yilning 6 noyabr kuni soat taxminan 22:00 lar chamasida Andijon tumanida joylashgan ko‘rpa-to‘shaklar sotiladigan savdo do‘konlari yonidan Xo‘jaobod tumani Xidirsha massividagi (Qozoq) kottejlarga piyoda ketayotgan X.SH. M.Sh va T.E.larni to‘xtatib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, M.Shning yonida bo‘lgan narxi 4 500 000 so‘mga teng bo‘lgan Samsung Galaxy A31 rusumli telefon apparatini, T.E.ning yonida bo‘lgan narxi 500 000 so‘mga teng bo‘lgan 1 dona Redmi-9A rusumli telefon apparati va 100 000 so‘mga teng bo‘lgan Air pods nomli quloqchinni hamda X.SH.ning yonida bo‘lgan 100 000 so‘mga teng bo‘lgan BQ nomli quloqchinini ochiqdan ochiq talon-toroj qilishib hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.I.dan 1 dona BQ nomli quloqchin hamda M.M.dan 1 dona Redmi-9A rusumli telefon apparati va 1 dona Air pods nomli quloqchin xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!