OAV: Saudiya bosh konsulxonasidagi quduqdan Qoshiqchining jasadi bo‘laklari topildi

OAV: Saudiya bosh konsulxonasidagi quduqdan Qoshiqchining jasadi bo‘laklari topildi

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining jasadi bo‘laklari Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasi hududida joylashgan quduqdan topildi. Bu haqda Turkiyaning «Vatan» muxolif partiyasi rahbari Do‘gu Perinchak bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Haberler portali.

«Rasmiylar Qoshiqchining jasadi bo‘laklarini Saudiya bosh konsulxonasi hududidagi quduqdan topishdi», - deya aytib o‘tdi u.

Ushbu ma’lumotlar hozircha rasmiy ravishda tasdiqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Jamol Qoshiqchi bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.

ABC telekanalining nomini oshkor etishdan bosh tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar qilishicha, Jamol Qoshiqchi podshohlikning Istanbuldagi konsulligida «bo‘g‘ib o‘ldirilgan», bu holat u binoni tark etish va yordam so‘rashga uringanidan so‘ng yuz bergan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!