Nurafshonda o‘tkazilmagan sudni bo‘lib o‘tdi, deb rasmiylashtirgan sudyaga chora ko‘rildi

Nurafshonda o‘tkazilmagan sudni bo‘lib o‘tdi, deb rasmiylashtirgan sudyaga chora ko‘rildi

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida o‘tkazilmagan sudni bo‘lib o‘tdi, deb rasmiylashtirgan sudyaga chora ko‘rildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi o‘tkazilmagan sud majlisini go‘yoki bo‘lib o‘tgan, deb qayd etib, tegishli sud hujjatini qabul qilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘z vaqtida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Toshkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati qarori bilan unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Munosabatda hodisa qachon bo‘lgani, qanday hujjat qabul qilingani, sudyaning ismi-sharifi va unga nisbatan qo‘llanilgan jazo turi aytilmagan.

"Mazkur qarordan norozi taraf Sudyalar oliy malaka hay’ati va Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!