Novosibirskda migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlandi

Novosibirskda migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlandi

Rossiyaning Novosibirsk viloyati ma’muriyati migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlashni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Viloyat gubernatori Andrey Travnikov tegishli qarorni 15 aprel kuni imzolagan. Qarorga ko‘ra, muhojirlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlash, ichimliklar va tamaki sotish taqiqlanadi.

Bu chora o‘tgan oy Moskva yaqinidagi konsert zalida yuz bergan teraktdan so‘ng Rossiya bo‘ylab, asosan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan xorijlik ishchilarga bosim kuchaygan bir paytda amalga oshirildi.

Travnikov chiqargan qarorga ko‘ra, Novosibirskdagi ish beruvchi kompaniyalar 60 kun ichida taksi haydovchisi sifatida faoliyat yuritadigan yoki tamaki hamda alkogolli ichimliklar sotish sohasida ishlovchi mehnat muhojirlarini ishdan bo‘shatishlari shart. Qaror ijrosini rasmiylar jiddiy kuzatib boradi.

Xuddi shunday taqiq dastlab Rossiyaning Novgorod viloyatida chiqarilgan edi. Viloyat rasmiylari muhojirlarni qator sohalarda ishlashdan cheklab qo‘ygan. Bora-bora chet ellik muhojirlarga taqiq kiritgan viloyatlar soni 9 taga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!