Noqonuniy 28 ming donadan ziyod sim kartalar ushlandi

Noqonuniy 28 ming donadan ziyod sim kartalar ushlandi

28 ming donadan ziyod sim kartalarni “Yallama” chegara bojxona postidan noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Yurtimizga o‘tish uchun “Yallama” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi Inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 28 870 dona uyali aloqa vositasi uchun mo‘ljallangan sim kartalar borligi aniqlandi.

Hozirda, qiymati 115 million so‘m bo‘lgan "tovar" yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!