Noma’lum erkak prezident qarorgohi oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi (video)

Noma’lum erkak prezident qarorgohi oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi (video)

Noma’lum erkak Oq uy oldidagi Ellips parkida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Bu haqda AQSh OAVlari xabar qildi.

Voqea 29 may kuni kunduzi sodir bo‘ldi. O‘sha vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriy binolardan birida bo‘lgan.

Internetda joylashtirilgan videoda Oq uy va Kapitoliy o‘rtasida Vashington haykali yaqinida erkakning kiyimlari yongani aks etgan.  

Maxsus xizmat va polisiya xodimlari erkakka birinchi yordam berishdi. Hozirgi vaqtda u shifoxonaga yotqizildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!