Nima uchun QQS bu qadar muhim?

A A A
Nima uchun QQS bu qadar muhim?

(Maqola 2019 yil avgust oyida Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga, xususan Davlat soliq qo‘mitasiga kiritilgan tahliliy ma’lumotnoma va qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiyotga ta’sirini muvofiqlashtirish haqidagi takliflar asosida tayyorlandi)

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda – QQS) bilan bog‘liq islohotlar joriy yilning boshidan boshlangan bo‘lsada, jamoatchilik va xalqimizning mavzuga oid xilma-xil fikrlari, tortishuvlar va turli munosabatlar bildirishi hamon davom etmoqda.

O‘tgan davr mobaynida soha mutaxassislari, bloggerlar, tadbirkorlar va qolaversa aholining faol qatlami tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlariga qaramasdan, ushbu soliq turi bilan bog‘liq muammolar hali ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

Shu sababli, birinchi maqolada QQSning ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, tovarlar va xizmatlar narxiga va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Tarixga nazar
QQS birinchi marta, 1958 yilda Fransiyada joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning 140 yaqin davlatlarida joriy qilingan. Shu bilan birga, ayrim yetakchi davlatlarda, xususan, AQSH, Kanada va Yaponiyada ushbu soliq amal qilmaydi, uning o‘rniga sotishdan soliq (sales tax) undiriladi.

O‘zbekistonda QQS ilk bor 1992 yilning 1 yanvarida joriy qilingan. Qariyb 28 yildan buyon amal qilib kelayotgan QQSning ilk stavkasi 30 foiz edi. Amaldagi stavka 20 foiz belgilangan bo‘lib, 2000 yildan buyog‘iga o‘zgarishsiz kelmoqda.

QQSni tushunushning murakkabligi uning o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligida bo‘lib, xaridor nuqtai nazaridan olib qaralganda xuddi iste’mol solig‘iga o‘xshaydi ya’ni sotuvchi uni sotilgan tovarlar, ishlar yoki xizmatlar narxining ustiga qo‘shadi. Shu ma’noda QQSni iste’mol yoki oborot solig‘ining modifikasiyalangan ko‘rinishi deb hisoblasak bo‘ladi. Farqi shundaki, agar xaridor ham QQS to‘lovchisi bo‘lsa (ya’ni boshqa tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalanish uchun tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotib olsa), sotuvchi byudjet oldidagi majburiyatlarining umumiy miqdorini hisoblashda xaridordan olingan soliq summasidan yetkazib beruvchilarga to‘lab bergan soliq summasini ushlab qolish huquqiga ega bo‘ladi.

Shunday qilib, ushbu soliq bilvosita bo‘lib, uning yuki oxir-oqibat ishlab chiqaruvchiga emas, balki tovarlar va xizmatlarning yakuniy iste’molchilariga tushadi.

QQS va Davlat byudjeti
Nima uchun QQS bu qadar muhim? QQSsiz davlat harajatlari yoki byudjet tushumlari rejasi bajarilmaydimi? Undan butunlay voz kechish mumkinmi? Ushbu savollarga javob berish uchun davlatlarning soliq tizimini tanlash standartlariga (differensiasiyasi) e’tibor berish lozim bo‘ladi ya’ni rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimi strukturasi bir birdan farq qiladi.

Rivojlangan davlatlar oldida turgan ustuvor vazifa, bu yillar davomida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun esa aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini ko‘paytirish muhim hisoblanib, buning uchun esa ular iqtisodiy o‘sish sur’atini muttasil oshirib borishlari lozim bo‘ladi.

Ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida davlatlar turli soliq modelini tanlaydilar. Masalan, rivojlangan davlatlarda soliq tizimining asosini to‘g‘ri (foyda, daromad, mulk va ijtimoiy) soliqlar tashkil etsa, rivojla-nayotganlarda esa bilvosita soliqlar (QQS, aksiz, tovar va xizmatlarni ya’ni harajatlarni soliqqa tortish) ustunlik qiladi, ya’ni, kapital va jamg‘armalar o‘sishini rag‘batlantirish orqali, iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishga harakat qilinadi.

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar barcha daromadlarining o‘rtacha 35% bilvosita soliqlar ya’ni tovar va xizmatlarga soliq solish orqali yig‘iladi.

O‘zbekistonda ham QQS har doim soliq tushumlari ichida eng asosiy manba hisoblangan, birgina 2019 yil uchun byudjet daromadlarida uning umumiy soliq tushumlari ichidagi hissasi 35 % (35 993,5 mlrd.so‘m)ni, jami daromad tushumlari ichida esa 27%ni tashkil etadi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi.

1 milliard so‘mdan ortiq pul aylanmasiga ega bo‘lgan yoki 50 gektardan ortiq yer maydonlariga ega bo‘lgan yagona yer solig‘i to‘lovchilari QQS to‘lovchilari safiga o‘tkazildi.

Xo‘sh, joriy yilning 1 oktyabridan ushbu o‘zgarishlardan nima kutish mumkin? Imtiyozning bekor qilinishi narxlar ko‘tarilishiga ta’sir qiladimi?

Ushbu ta’sirni baholashda bir nechta omillar inobatga olinishi kerak:
Shundy sohalar borki, ularga QQSning ta’siri sezilmas darajada bo‘ladi. Umumiy qiymatda oraliq iste’mol ulushi yuqori bo‘lgan va iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha (shu jumladan import) katta miqdorda hisobga olish summasi mavjud bo‘lgan tarmoqlardagi korxonalar uchun QQS foydali hisoblanadi, ya’ni ushbu sohalarda narxga ta’sir qilish minimal bo‘ladi. Bu yerda shuni yodda tutish lozimki, oraliq iste’molning barcha ishtirokchilari QQS to‘lovchilari bo‘lishi lozim (bunday sohalarga mahsulot ishlab chiqaruvchilar (shu jumladan, qishloq xo‘jaligi), qurilish, ulgurji va chakana savdo korxonalari misol bo‘ladi).

Shu bilan birga, ayrim sohalar uchun QQS foydali emas. Umumiy harajatlari ichida oraliq ist’mol ulushi juda kam bo‘lgan va iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlar uchun QQS summasini hisobga olish imkoni bo‘lmagan sohalar uchun QQS noqulay hisoblanadi va ular mahsulotlarining narxiga ta’sir ko‘rsatadi.

Bular asosan xizmat ko‘rsatish korxonalari (xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, konsalting, auditorlik korxonalari, IT-kompaniyalari, mulkni ijaraga berish xizmatlari, lizing kompaniyalari, xizmatni eksport qiluvchilar va boshqalar) bo‘lib, ular o‘z faoliyatida, ko‘rstatayotgan xizmatlarida asosan inson resurslariga tayanadi va ularning yakuniy mahsuloti tannarxida asosiy ulushni ish haqi harajati tashkil etadi.

Ish haqi qo‘shilgan qiymatning bir qismi hisoblansada, unda QQSning kirim summasini hisobga olishning imkoniyati mavjud emas. Natijada, ularda kiruvchi QQS deyarli bo‘lmaydi yoki minimal bo‘ladi. Shunga ko‘ra bunday harajatlardan tarkib topgan tannarx soliq solinadigan bazani oshishiga olib keladi.

Oxir-oqibat, bunday korxonalar daromadni muntazam ushlab turish uchun o‘z xizmatlari narxini QQS summasiga oshirishga majbur bo‘ladi.

Keyingi kunlarda aholini ortiq darajada tashvishlantirayotgan muammo bu iste’mol bozorida go‘sht narxining keskin qimmatlashga-nidir. Xush, bunda QQSning ta’siri bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarorida go‘sht ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan va uning narxi davlat tomonidan tartibga solinmaydi, aksincha ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ko‘ra, 2019 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonda tirik vaznda go‘sht ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga 94,3%, fermer xo‘jaliklari 4,8%, qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hissasiga 0,9% to‘g‘ri keladi.

Bu yerda QQSning ta’siri quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Birinchidan, go‘sht ishlab chiqarishning asosiy yetkazuvchisi bo‘lgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari o‘zlariga kerak omuxta yemni ikki usulda olishlari mumkin: birja orqali yoki omuxta yem sotishga ixtisoslash-tirilgan savdo do‘konlaridan.

Har ikkala usulda ham omuxta yem QQS qo‘llangan narxlarda xarid qilinadi. Birja savdolarida mahsulotni sotish “O‘zdonmahsulot” AK va “O‘zpaxtayog‘” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilib, QQS to‘lovchilari hisoblanadi.

2019 yil I chorak yakuniga ko‘ra birja savdolari orqali sotilgan shrot va sheluxa narxi o‘rtacha 7,1 foizga pasaygan. Shuningdek, 2019 yil I chorak davomida birja savdolari orqali 153,01 ming tn. shrot va sheluxa sotilgan, bu esa respublikadagi bir bosh yirik qoramol taxminiy ozuqasining deyarli 5,3 foizini tashkil qiladi xolos. Demak, birja savdolari orqali sotilayotgan shrot va sheluxaning hajmi go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxlarining shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblanmaydi.

Ikkinchidan, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan go‘sht bozorlarda asosan naqd shaklda sotilishini e’tiborga olsak, bu jarayonda QQSni olish ya’ni QQSning to‘liq mexanizmining ishlashi ancha mushkul vazifaga aylanadi;

Uchinchidan, import qilingan go‘sht va uni QQSdan ozod qilish kabi imtiyozlar (2019 yil 1 oktyabrgacha) bozordagi talabni to‘liq qamrab olmaydi, natijada go‘sht narxiga sezilarli raqobat muhitini yaratolmaydi;

To‘rtinchidan, bizda talab va taklifni hisobga olgan holda bozorlardagi barqarorlikni ta’minlash darajasidagi sanoat miqyosida go‘sht ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilmaganligi QQSning salbiy ta’sirini oshiradi va ushbu sektorda narxni tushirishni qiyinlashtiradi.

Bundan tashqari dehqon bozorlaridagi nohalol raqobat ham go‘sht qimmatlashuvining asosiy sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.

Xususan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tushuntirishicha, “sohadagi monopoliya bilan bog‘liq jihat bo‘lib, go‘sht bozorlarini ko‘pchilik qassoblar o‘z shaxsiy monopoliyasiga aylantirib olishgani va narx-navo ham ular tomonidan boshqarilishi go‘sht narxining sun’iy yo‘llar bilan oshirilishiga sabab bo‘lmoqda”.

Narxlar o‘sishiga faqat soliq siyosati emas, balki boshqa bir qancha omillar ham ta’sir ko‘rsatishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Misol uchun, pul emissiyasininig oshib ketishi, ochiq bozor operasiyalari va tijorat banklariga arzon kreditlar berish amaliyoti, zaif raqobat muhiti, monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalar ko‘pligi va ular tomonidan boshqalarga taqdim etilmagan soliq, kredit olish, material resurslardan foydalanish kabi eksklyuziv imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishi va boshqalar.

(QQSning ijtimoiy jihatdan muvozanati, soliq to‘lovchilarning xulq-atvori masalalari, QQSning salbiy oqibatlarini kamaytirish tadbirlari: soliq stavkasi va imtiyozlar, infratuzilmani yaratish, soliq idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar maqolaning 2-qismida taqdim etiladi)

N.Norbayev,
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
bo‘lim boshlig‘i

Manba: human.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.