“Neksiya-3”ni avtosalondan chiqarib berish evaziga 800 dollar olgan shaxslar ushlandi

“Neksiya-3”ni avtosalondan chiqarib berish evaziga 800 dollar olgan shaxslar ushlandi

Bu haqda mahkama axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Marhamat tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. fuqaro Z.ga “Neksiya-3” avtomashinasini 15 kun muddatda tanishi B. orqali avtosalondan chiqarib berishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, fuqaro B.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A. va B.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

KUN.UZ


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!