Nega iymon halovatini his etmaymiz?

A A A
Nega iymon halovatini his etmaymiz?

Bu savol ko‘proq yoshlardan keladi. “Nega Allohga U Zot buyurganidek mukammal ibodat qila olmayapmiz?”, “Nega iymonimiz nuri ziyoda bo‘layotganini his qilmayapmiz?”, “Nega ibodat lazzatini sezmayapmiz?” deb so‘rashadi. Quyida shu savollarga javob berishga urinaman.

Elektron pochta orqali ushbu masla to‘g‘risida ko‘plab savollar keladi. Ya’ni taqvoni, iymon halovatini sezmaslik, Alloh azza va jalladan uzoqlikni his qilish haqida savollar keladi. Har bir mo‘min Robbisiga yaqin bo‘lishni orzu qiladi. Lekin unda uzoqlashayotgandek sezgi bo‘ladi.

Ushbu muammo haqida o‘ylab ko‘rdim. Uning yechimi borasida izlandim va bu yechimni topdim. Iymon halovatini sezmalik, Allohdan uzoqlikni his etishning eng katta, asosiy sababi – Qur’ondan uzoqligimizdir.

Qur’on – Alloh taolo haqida so‘zlaydigan kitobdir. Biz Allohni ko‘zlarimiz bilan ham, aqllarimiz bilan ham ko‘ra olmaymiz. Chunki, U zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir. Lekin Alloh taoloning bizga rahmati shuki, U Zot Kitobini bizning oramizga qo‘yib qo‘ydi. Agar biz Allohga yaqin bo‘lishni istasak, Uning Kitobiga ko‘proq yaqinlashishimiz kerak.

Xo‘sh, Qur’onga qanday qilib yaqinlashamiz? Javob oddiy: Qur’onni tushunish bilan yaqinlashamiz.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:

“Qur’onni tadabbur etib ko‘rmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo‘lganda, undan ko‘p ixtiloflar topar edilar”. (Qur’onga murojaat etib, uni tadabbur qilib ko‘rgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qur’onni jiddiy o‘rganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yo‘qligini payqaydi.) (Niso surasi, 82-oyat).

Agar biz o‘tgan barcha Payg‘ambar alayhimussalomlarning siyratlariga nazar solsak, hammalari iymon va ishonchlari ziyoda bo‘lishi uchun Allohdan o‘zlariga mo‘’jiza, alomat ko‘rsatishini so‘raganlarining guvohi bo‘lamiz.

Mana, sayyidimiz Ibrohim alayhissalom Robbilariga qilgan nidolarini Alloh taolo shunday keltirgan:

“Esla, Ibrohim: “Ey Robbim, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingni ko‘rsat”, deganda, U zot: “Ishonmadingmi?” dedi. U: “Ore, lekin qalbim xotirjam bo‘lishi uchun”, dedi (Baqara surasi, 260-oyat).

Demak, Ibrohim alayhissalom xotirjamlik va iymonning ziyoda bo‘lishini so‘rayaptilar.

Boshqa bir oyatda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga osmon va yer haqida o‘ylab ko‘rishni amr etgan. Nega? Allohga bo‘lgan iymonlari ziyoda bo‘lishi uchun. Alloh taolo Qur’oni Karimda shuday degan:

“Xuddi shunday qilib, Ibrohimga aniq ishonuvchilardan bo‘lishi uchun osmonlaru yerning mulklarini ko‘rsatamiz” (Ya’ni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila ko‘rsatganimizdek, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham ko‘rsatamiz.) (An’om surasi, 75-oyat).

Azizlarim! Allohning yaratgan narsalari haqida tafakkur qilishga ehtiyojingiz borligini his qilganmisizlar?

Allohning Kitobini yodlash, o‘rganish, oyatlarining ma’nosini tushunish kerakligini his qilganmisizlar?

Qur’onni hayotingizdagi eng muhim narsa deb e’tiqod qilasizlarmi?

O‘ylashimcha, javobinglar “Yo‘q” degan so‘z shekilli. Chunki, agar javobinglar “Ha” degan so‘z bo‘lganida, hech qanday muammo qolmagan bo‘lardi.

Hayotdagi turli vaziyatlar, holatlar, jamiyatning g‘amlari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoy muammolar sizlarning fikrlaringizni, miyalaringizni band etib qo‘ygan. Miyalaringizda Qur’onni o‘rganish haqida fikrlashga bo‘sh joy yo‘q.

Do‘stlarim! Barcha narsadan oldin Qur’onga bo‘lgan qarashlaringizni o‘zgartirishingiz shart! Har bir lahzangizda Qur’on bilan yashashingiz shart! Men o‘zim shu ishni mashq qildim. Bilasizlarmi, ta’rif qilib bo‘lmas darajada saodatni his qildim. Tushida Qur’on va unga bog‘liq musalalarni ko‘rgan bir insonni tasavvur qilib ko‘ringlar. U uyg‘onganidan keyin ham Allohning Kalomi haqida o‘ylaydi. Qayerga borib o‘tirsa ham atrofidagi narsalar unga Allohni eslatadi. Shunday inson biror musibat, mashaqqat, siqilishga duchor bo‘lishi mumkinmi?!

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deydi:

“Bizning (yo‘limizda) jihod qilganlarni O‘z yo‘llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir” (Ankabut surasi, 69-oyat).

Ey qadrdonim! Bilingki, Qur’onni tinglashning o‘zi Allohning yo‘lida jiddu jahd qilishdir. Allohning yaratgan narsalari ustida tafakkur qilish ham Allohning yo‘lida jiddu jahd qilishdir. Qur’onni tadabbur qilish ham Uning yo‘lida jiddu jahd qilishdir. Esingizdan chiqmasinki, eng katta jiddu jahd – Qur’onni o‘rganishga, tushunishga bo‘lgan harakatdir.

Qur’onni qanday o‘rganamiz? Bir oyatini olasiz. Uning tafsirini o‘rganasiz, o‘sha oyatdagi e’joz (aqlni ojiz qoldiruvchi jihat)ni o‘rganasiz va boshqa mo‘minlarga ham o‘sha ma’lumotlarni o‘rgatasiz. Bu narsa – Alloh taolo O‘zining oxirgi Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamga da’vatning ilk kunlarida amr qilgan narsadir. U Zot Qur’onda shunday degan:

“Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u (Qur’on) bilan katta jihod qil!” (Furqon surasi, 52-oyat).

Ibn Abbos roziyallohu anhu bu oyatdagi “u bilan” degan so‘zni “Qur’on bilan” deb tafsir qilgan ekanlar.

Qur’on bilan jihod qilish degani – Qur’onning mo‘’jizalarini, ajoyibotlarini o‘rganish, ular haqida tafakkur, tadabbur qilish deganidir. Biz ilm asrida yashayapmiz. Shuning uchun har bir oyatni ilmiy tafsiri bilan o‘rganishga harakat qiling!

Psixologiya ilmi aytyaptiki, ko‘pchilik insonlar boshidan kechiradigan ruhiy iztiroblarning aksari “norozilik”dan kelib chiqar ekan. Hayotdan norozilik, voqelikdan norozilik, jamiyatdan norozilik, xotindan norozilik, erdan norozilik, rizqdan norozilik, sog‘ligidan norozilik va hokazo. Soha mutaxassislari “O‘zidan, hayotidan, voqelikdan rozi bo‘lib yashovchilar hayotda eng ko‘p muvaffaqiyatga erishadilar” deyishyapti.

Azizim! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizga qanday qilib har kuni rozi bo‘lish mumkinligini o‘rgatganlar.

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kim “Roziytu billahi Robban va bil islami diynan va bimuhammadin rosulan” (Allohni Robb deb, Islomni Din deb, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Rasul deb rozi bo‘ldim) desa, jannatga kiradi”. Ibn Abu Shayba, Abd ibn Humayd, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon, Hokim rivoyat qilishgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qaysi bir musulmon banda tong ottirganda va kech kirgizganda uch marta “Roziytu billahi Robban va bilislami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama nabiyyan” (Allohni Robb deb, Islomni Din deb, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Nabiy deb rozi bo‘ldim) deb aytsa, Qiyomat kuni uni rozi qilish Allohning zimmasida haq bo‘ladi” dedilar”. Imom Ahmad, Abu Dovud, Ibn Moja rivoyat qilishgan.

Agar Alloh taolo mazkur kalimalarni aytgan bandasini qiyomatda – o‘sha banda judayam qiyin vaziyatda turgan paytda – rozi qiladigan bo‘lsa, u bandasini bu dunyoda ham rozi qilmasmidi?!

Hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning “Tong ottirganda va kech kirgizganda” deb alohida vaqtini ta’kidlayaptilar. Nega?

Psixologlar “Uyqudan biroz oldin va uyg‘ongandan biroz keyin botiniy aql bilan zohiriy aql eng mustahkam bog‘lanish holatida bo‘lar ekan” deyishdi. Shuning uchun miya va botiniy aqlning qayta dasturlashtirish jarayonida bu ikki payt eng muhim o‘rin tutar ekan. Biz “Roziytu billahi Robban va bi-l-Islami diynan va bi-l-Qur’ani imaman va bi Muhammadin nabiyyan va rosulan” deb takrorlaganimizda, miyamizga o‘zimizdan, Allohning bizga taqsimlagan rizqidan rozi bo‘lish kerakligi to‘g‘risida maktub yuborgan bo‘lamiz.

Allohni Robb deb rozi bo‘lish – Allohning barcha ishlaridan, qazosi, qadari, rizqidan va boshqa barcha ishlaridan rozi bo‘lish deganidir.

Alloh taolo biz uchun ixtiyor qilgan dini – Islomdan rozi bo‘lish degani Islomning barcha hukmlaridan, amrlaridan, ta’qiqlaridan rozi bo‘lish deganidir. Dunyo muammolari qanchalik ko‘p va katta bo‘lmasin, Allohning bizga ato etgan Islom ne’matini esga olganimizda, Islom dini barchamizni bizga saodat keltiradigan ishlarga buyurib, baxtsizlikka olib boradigan ishlardan qaytarishini eslaganimizda muammolar ko‘zimizga kichik ko‘rina boshlaydi. Shuning uchun biz bu buyuk dinning ta’limotlariga og‘ishmasdan amal qilishimiz kerak. 

Allohning Kitobidan rozi bo‘lish – Qur’onda kelgan barcha narsaga qanoatlanish, Qur’on hayotimiz mazmuni bo‘lishi, unda biz uchun shifo, hidoyat va rahmat bor deganidir.

Alloh taolo Qur’onda shunday deb marhamat qilgan:

“Ey odamlar! Sizga o‘z Robbingizdan mav’iza, ko‘ksingizdagi narsaga shifo, mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi”. (Ey odamlar! Qur’onni yolg‘on demang! Qur’onni falonchi to‘qigan, demang! Uning to‘g‘risida shubha qilmang. U qalbingizdagi ruhiy, ma’naviy dardlaringizning barchasiga shifo bo‘lib keldi. Kim Qur’onga iymon keltirib, musulmon bo‘lsa, u o‘sha odamni hidoyatga boshlaydi, Allohning rahmatiga erishtiradi.) (Yunus surasi, 57-oyat).

Ha, Qur’on Allohning rahmatidir! Biz Allohning rahmati bilan shod bo‘lishimiz kerak!

Alloh taolo Qur’onda shunday degan:

“Sen: “Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand bo‘lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir”, deb ayt”. (Bir ummatga ikki dunyo baxtiga erishtiruvchi ilohiy kitob berilishi o‘sha millatga Allohning fazli va marhamatidir. Bu millat ushbu oyatga amal qilib, qancha xursand bo‘lsa, arziydi. Alloh taoloning fazli va marhamati bo‘lmish Qur’oni Karimga iymon keltirib, uni o‘ziga dastur qilib olgan zotlar o‘sha eng ulug‘ fazl va rahmatga erishgan kishilar sifatida qanchalik xursand bo‘lsalar, shunchalik oz. Qur’onga erishish dunyodagi boshqa hamma narsalarni jamlab, o‘shalarga ega bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroqdir.) (Yunus surasi, 58-oyat).

Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rozi bo‘lish – u kishini Nabiy, Rasul, Rahmat, biz uchun Shifo deb rozi bo‘lish, u zot alayhissalom buyurgan barcha ishni bajarib, u zot alayhissalom qaytargan barcha ishdan tiyilishdir.

Qadrdonlar! Agar siz hayotingizning har bir lahzasida baxtni his qilishni istasangiz, Alloh taologa ixlos bilan yuzlaning!

Har bir ishingizda Unga tavakkul qiling!

Barcha ishlaringizni Unga topshiring!

Barcha muammolaringizning yechimini O‘zidan so‘rang! U Zot barcha narsaga qodirdir.

Alloh taolo sizga o‘z nafslaringizdan ham yaqinroqligini his etinglar!

Allohning diniga, Qur’onga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartiringlar!

Buyuk Xoliq bo‘lgan Allohning qadriga yetinglar!

Alloh taolo sizlar qilayotgan har bir ishlaringizni ko‘rib, kuzatib turganini, har bir shitirlash, xayoldan o‘tgan narsa, gapirilgan yoki gapiriladigan so‘zni, miyangizda aylanayotgan barcha fikrlarni bilib turganiga chin qalbdan ishoninglar!

Mana shu aytilganlar, mening nazarimda, o‘zimizdan, Allohdan rozi bo‘lish sari, haqiqiy baxt sari olib boradigan yo‘ldir.

Yuqorida aytilganlarga amal qilsak, har bir ibodatimiz saodat manbaiga aylanib boradi. Aniqrog‘i, o‘sha saodatni biz his qiladigan bo‘lamiz. Ana shunda har bir o‘qiydigan oyat iymon halovatini his etishimizga sabab bo‘ladi.

Yo Alloh, Qur’onni qalblarimiz bahori, mahzunliklarimizning haydovchisi, dillarimiz nuri, g‘amlarimiz va muammolarimizning ketkazuvchisi qilgin, omin!

 

Maqola muallifi: Abduddoim Kahel

Tarjimon: Nozimjon Iminjonov

 

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

Болалар ўйинчоқларида хавф аниқланди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Putin Primakovni lavozimidan ozod qildi

Примаков агентликни 2020 йилдан бери бошқариб келаётган эди.

"Gulnora Karimovaning Shveysariya sudida to‘liq oqlanishiga erishmoqchimiz"

Адвокат Грегуар Манжа Каримованинг Швейцариядаги суд жараёнида қатнашиш имконияти чекланганини билдирган.

Estoniya prezidenti Rossiya bilan aloqani tiklashga chaqirdi

Эстония президенти, шунингдек, Европа Иттифоқининг Россия билан музокаралар бўйича махсус вакилини тайинлаш ғоясини ҳам қўллаб-қувватлаган.

Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln so‘mlik majmuani borib ko‘rdi

Президент Шавкат Мирзиёев Қува туманидаги 1-сонли техникумда ёшларни замонавий касблар ва хорижий тилларга ўқитиш ишлари билан танишди.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.