Hindistonlik biznesmen Mukesh Ambanining o‘g‘li Anant Ambani Kolumbiya rasmiylari evtanaziya qilishni rejalashtirayotgan 80 ta begemotni olib ketishni taklif qildi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi. Ushbu hayvonlar bir vaqtlar narkobaron Pablo Eskobarning shaxsiy hayvonot bog‘i uchun Afrikadan olib kelingan.
Ma’lum qilinishicha, Anant Ambani Kolumbiya hukumatiga murojaat qilib, begemotlarni yo‘q qilish rejasini bekor qilishni so‘ragan va ularni Hindistonning g‘arbiy qismidagi Vantara hayvonot bog‘iga ko‘chirishni taklif etgan. U veterinar nazorati ostida hayvonlarni ko‘chirish va ular uchun maxsus tabiiy muhit yaratishga tayyorligini bildirgan.
“Bu begemotlar ongli mavjudotlardir va agar bizda ularni xavfsiz va insoniy yo‘l bilan qutqarish imkoni bo‘lsa, harakat qilishimiz kerak”, — dedi Anant Ambani.
Ma’lumot uchun, 1980-yillarda Pablo Eskobar Kolumbiya markazidagi shaxsiy bog‘iga bir juft begemot olib kelgan. 1993-yili uning o‘limidan keyin hayvonlar yovvoyi tabiatga chiqib ketgan va nazoratsiz ko‘payib, mahalliy aholiga ham xavf tug‘dira boshlagan. Kolumbiyada tabiiy dushmanlari bo‘lmagan ushbu begemotlar invaziv tur sifatida baholanmoqda va rasmiylar ularning qariyb 100 tasini yo‘q qilish rejasini ma’qullagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.