Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln so‘mlik majmuani borib ko‘rdi

Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln so‘mlik majmuani borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitish ishlari bilan tanishdi. Bugun mamlakatlarning raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslar, balki inson kapitali, bilim va zamonaviy kasb egalarining salohiyati bilan ham belgilanmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish, ayniqsa, hududlardagi texnikumlarni amaliy bilim, innovasiya va tadbirkorlik markazlariga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Quva tumanidagi texnikum faoliyati ham mazkur islohotlarning amaliy ifodasidir. Texnikum binosida zamonaviy kasblarga o‘qitish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilgan. Xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda nemis va xitoy tillarini o‘qitish bilan birga logistika, qishloq xo‘jaligida dronlarni boshqarish, “aqlli” irrigasiya, quyosh panellarini o‘rnatish va ta’mirlash kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Dual ta’lim tizimi joriy etilib, 550 nafar o‘quvchi nazariy bilimlarni bevosita amaliyot bilan bog‘lagan holda olmoqda. Startap markazi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda robototexnika, SMM, mobilografiya, dizayn kabi talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘quv kurslari tashkil etilgan. Loyiha doirasida 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ushbu tajribani respublikadagi yana 10 ta qishloq xo‘jaligi texnikumida joriy etish rejalashtirilgan. Prezidentimiz kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi, ularning o‘qishi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida barpo etilgan madaniyat hamda xizmat ko‘rsatish ob’ektlari bilan tanishdi. Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z natijasini bermoqda. Keyingi yillarda hududga xorijiy sayyohlar tashrifi bir necha barobar oshgani ham buning yaqqol dalilidir. Qadimiy Marg‘ilon shahri bu borada katta imkoniyatlarga ega. Davlatimiz rahbarining 2025 yil 1 apreldagi qarori asosida bu yerda “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasi barpo etildi. Milliy me’morchilik an’analari, Marg‘ilon tarixi va zamonaviy turizm talablari uyg‘unlashgan ushbu majmua qadim shahar ichidagi shaharchadir. 35 gektar maydonni egallagan majmuada sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Bu yerda mehmonxona, karvonsaroy, savdo va xizmat ko‘rsatish binolari, hunarmandlar markazi, milliy bozor va muzeylar qurib bitkazilgan. Buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniyning boy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish majmuaning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shu bilan birga, hududda qadimiy hunarmandchilik an’analarini saqlash, ziyorat va madaniy turizmni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Majmuada “Otabek va Kumush uyi” muzeyi ham tashkil etilgan. Uning devorlarida “O‘tkan kunlar” romani sahnalari jonlantirilib, adabiyot va tarixni uyg‘unlashtirgan noyob muhit yaratilgan. Shuningdek, maqom teatri, shoir va rassomlar xiyoboni hamda kutubxona ham joy olgan. Qiymati 1,7 trillion so‘m bo‘lgan loyihaning bosh rejasi Turkiyaning “Studio Vertebra” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Majmua ikki bosqichda barpo etiladi. Kelgusida bu yerda biznes markaz, 1500 o‘rinli masjid, mehmonxonalar, 400 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasi hamda 300 o‘rinli bozor tashkil etiladi. Davlatimiz rahbari majmua bo‘ylab yurib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Hunarmandchilik, badiiy va amaliy san’at ko‘rgazmalari, bozor rastalari bilan tanishdi. Jamoatchilik vakillari bilan samimiy suhbat qurdi. Majmua to‘liq ishga tushgach, viloyatga yiliga o‘rtacha 200-250 ming nafar xorijiy sayyoh jalb etilishi kutilmoqda. Buning natijasida 2 mingta ish o‘rni yaratiladi, byudjetga 52 milliard so‘m tushum va 30 million dollarlik xizmatlar eksporti ta’minlanadi. Shuningdek, “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasi tajribasini Buxorodagi “Boqiy Buxoro”, Samarqanddagi Imom Moturidiy maqbarasi atrofi, Qo‘qondagi O‘rda, Namangandagi “Axsikent” yodgorligi hamda Toshkentning Eski shahar hududlarida ham keng joriy etish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Arag‘chi nima sababdan Pokistonga tashrif buyurganini bilasizmi?

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Eron AQShga yangi taklif yubordi

Эроннинг янги таклифи - Ҳўрмуз бўғозини очиш ва ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Isroil prezidenti korrupsiyada ayblanayotgan bosh vazir Binyamin Netanyahuni afv etishni rad etdi

Доналд Трамп Нетаняҳу афв этилишини талаб қилмоқда. У Герцогни бу қарорга келмаётгани учун “ожиз" деб атаган.

Angrenda og‘ir YTH sodir bo‘ldi (video)

26 апрель куни соат 23:10 да “А-373” йўлининг 93-км қисмида HOWO юк машинаси ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, 4 та автомобиль билан тўқнашган.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.