Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas Janubi-Sharqiy Osiyodagi hamkor davlatlarni Yaqin Sharq mojarosi tufayli yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelgan bir paytda neft yetkazib berish uchun Rossiyaga murojaat qilmaslikka chaqirdi.
Kallas bu bayonotni Bruneyda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya AQSH-Isroil urushidan foyda ko‘rgan, bu urush dunyo neftining beshdan bir qismi va boshqa zarur tovarlarning asosiy yuk tashish yo‘li bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ygan.
"Shunchaki eslatib o‘tamanki, neft daromadlari Rossiya (Ukrainaga qarshi) urushni moliyalashtirish uchun foydalanadigan mablag‘dir. Biz urushning tugashini ko‘rishdan manfaatdormiz", dedi u jurnalistlarga.
Kallas Yevropa Ittifoqi energiya manbalarini diversifikasiya qilish va Rossiyadan yetkazib berishni rad etish tarafdori ekanligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.