Eron Starlinkdan foydalangan holda josuslikda ayblanib bir nechta odamni hibsga oldi
Eron polisiyasi Starlink uskunalaridan foydalangan holda josuslikda ayblangan bir nechta shaxsni hibsga oldi.
Bu haqda Al-Jazeera Eron ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, gumonlanuvchilar Yusufobodda kvartira ijaraga olishgan, bu yer razvedka faoliyati uchun baza sifatida ishlatilgan deb taxmin qilinmoqda.
"Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimlari kabi zamonaviy aloqa uskunalari xorijiy razvedka agentliklari va dushman tarmoqlariga ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatilgan", deb yozadi nashrlar.
Hibsga olinganlarning aniq soni ko‘rsatilmagan.
Shirozdan taxminan 80 km janubi-sharqda joylashgan Sarvestan shahrida yana bir hibsga olish sodir bo‘ldi. Polisiyaning ta’kidlashicha, hibsga olingan shaxs strategik muhim ob’ektlarning xabarlari, fotosuratlari va videolarini yuborish orqali "dushman tashkilotlar" bilan hamkorlik qilgan.
