Navro‘z bayrami kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Navro‘z bayrami kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonga 19 dan 22 martga qadar Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Oqim butun mamlakat hududiga ta’sir ko‘rsatadi va doimiy beqaror ob-havo sharoiti yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublikamizda vaqti vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 23 mart kuni yomg‘ir yog‘ish ehtimoli Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida saqlanib qoladiyu Havo harorati kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 mart kuni yurtimizda janubdan tashrif buyurgan issiq havo oqimi hukmron bo‘ldi. Havo harorati kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘lgan bo‘lsa, mamlakatimizning janubiy hududlarida harorat 28-29 darajagacha ko‘tarilgan.

repost.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!