Navoiylik fuqaro jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi

Navoiylik fuqaro jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi

2019 yil 3 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Tasmuratov Nishanbek Kidirbek uli 16.08.2018 yilda JIB Zarafshon shahar sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi asosan 2 yil muddatga oylik ish haqining 15 % ni davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan ahloq tuzatish ishlari jazosi va 2 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tasmuratov Nishanbek Kidirbek uli 2019 yil 03 dekabr kuni  jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi tomonidan sayyor qabulida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. Tasmuratov Nishanbek Kidirbek uli yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishga, qonun ustivorligini ta’minlashda ishtirok etayotgan sudyalarga, xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisiga va sud xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!