Navoiyda tilla talvasasida sherigiga “sher”lik qilgan yigit qo‘lga olindi

Navoiyda tilla talvasasida sherigiga “sher”lik qilgan yigit qo‘lga olindi

1992 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, bo‘ydoq, ayni paytda Karmana tumani “Zarafshon” ko‘chasida istiqomat qiluvchi N.V. tanishi – 1985 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 3 nafar farzandi bor, hozirda Shofirkon tumani “Denov” mahallasida yashovchi F.M. bilan sherikchilikda Konimex tumani “Karakata” ovuliga qarashli dasht hududida joylashgan “Sentyabrskiy” nomli eski oltin konida, hozirda qo‘riqlanmayotgan tashlandiq karerdan tarkibida tilla zarralari mavjud qumlarni qazib olgan.

Biroq, noqonuniy ish jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro navbat talashish sherikchilik buzilishiga sabab bo‘ldi. Vaziyat tortishuv bilan yakunlanmadi, aksincha, murosasizlik oqibatidagi janjal natijasida N.V. F.M.ga qo‘l zarbi orqali tan jarohati yetkazishi bilan yakunlandi. Taassufki, F.M.ning spirtli ichimlik iste’mol qilganligi ta’siri uning muvozanatni yo‘qotib, chap tomonga yiqilishi natijasida boshi toshga tekkanligi, sog‘lig‘ini jiddiy xavfga qo‘ydi.

Zarafshon shahar “Daugustou” qo‘rg‘onidagi vrachlik punktida F.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan jarohati natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan N.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ingliz yozuvchisi Agata Kristi ta’biri bilan aytganda: “Qotillikdan osoni yo‘q! Ammo keyin... keyin u haqda xotiralar seni hech qachon tark etmaydi...” Nafs ortidagi balolar bugun sheriklarning birini marhumga, birini mahkumga aylantirdi.

O‘z o‘rnida jilovlanmagan jahl tufayli yuzaga kelgan murosasizlik katta va kechirilmas ko‘ngilsizlikka sabab bo‘ldi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!