Navoiyda qiz bolaga gap otgan yigit og‘ir jarohat oldi

Navoiyda qiz bolaga gap otgan yigit og‘ir jarohat oldi

Navoiy. 2020 yilning 13 noyabr kuni soat 17:00 da, voyaga yetmagan fuqaro 17 yoshli Timurbek S., fuqaro 18 yoshli Asliddin SH., uning yoqtirgan qiziga gapirganligini eshitib, bunga aniqlik kiritish maqsadida Navoiy shahar Jasorat ko‘chasida joylashgan “Moxinur” savdo majmuasi orqa tomonida ko‘rishgan vaqtida, voyaga yetmagan Timurbek S., va Asliddin SH.,lar o‘rtasida rashk natijasida o‘zaro janjal kelib chiqib, janjal vaqtida voyaga yetmagan Timurbek S., qo‘li bilan Asliddin SH.,ning tanasining turli qismlariga bir necha bor zarba berishi natijasida turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Asliddin SH.,ga “og‘ir” tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan fuqaro 17 yoshli Timurbek S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Timurbek S., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!