«Nasaf» futbol klubi 50 mln so‘m jarimaga tortildi

«Nasaf» futbol klubi 50 mln so‘m jarimaga tortildi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, «Nasaf» professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

«Nasaf» PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko‘zlab, 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 mln so‘m jarimaga tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!