Narpay tumaniga yangi hokim tayinlandi

Narpay tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

2020 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Rahmanov Sherzod Shuxratovich boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar Buranov Sherbek Erkinovichni Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqladilar.

Sherbek Buranov 1985 yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. 2003 yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2021 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!