Nariman Grigoryanning haqiqiy ism-sharifi nima edi?

Nariman Grigoryanning haqiqiy ism-sharifi nima edi?

Toshkentda o‘ldirilgan mashhur dizayner Nariman Grigoryan arman millatiga mansub bo‘lmagan. Bu haqda Armanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi (Erevanda joylashgan) Sputnik Armeniya nashriga xabar qildi.

Elchixona O‘zbekistondagi arman jamoalari bilan bog‘lanib, "Grigoryan" dizaynerning familiyasi emas, taxallusi ekanini aniqlagan.

Uning haqiqiy ismi – Nariman Fevziyevich Alimjanov. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ota tarafidan – qrim tatar, ona tarafdan – rus.

"Grigoryan" taxallusini u arman aslli mashhur o‘zbek bokschisi Artur Grigoryan sharafiga tanlagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!