Namanganlik tadbirkor Surxondaryoda 93 nafar ayolni tuzog‘iga ilintirdi

Namanganlik tadbirkor Surxondaryoda 93 nafar ayolni tuzog‘iga ilintirdi

Surxondaryo viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda "Jarqo‘rg‘on chevarlari" tikuv sexi bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Namangan viloyatidan tashrif buyurgan tadbirkor T.G.  2019 yil 08 may kuni “Surxon Mulk Textile” MCHJni tashkil etib, Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazib, Jarqo‘rg‘on tumaniga kelib, tumandagi mutasaddi tashkilotlar orqali 2019 yil may oyida “Har bir oila tadbirkor” degan mazmunda davlat dasturi bor” deb tumandagi ishsiz bo‘lgan 93 nafar xotin-qizlarni yig‘ib, ularning nomiga bankdan 15 mln. so‘mdan kredit mablag‘i ajratilishini, kredit mablag‘i hisobiga tikuvchilik mashinkalari va xom ashyo mahsulotlari sotib olib, tikuvchilik sexi ochib, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashini, bankdan olingan har bir fuqaroning kredit mablag‘lari va unga hisoblangan foizlarni o‘zi to‘lashini va’da qilib, fuqarolarning ishonchiga kirish uchun ularga yig‘ilishning o‘zida bankdan ajratilgan pul mablag‘larini MCHJ hisobidan to‘lab berilishi haqida kafolat xatlari yozib berib, ATB “Qishloq Qurilish bank” Jarqo‘rg‘on filialidan 93 nafar xotin-qizlar nomiga jami 
1 mlrd. 395 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan.    

Mazkur holat yuzasidan 26.01.2021 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining  Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

27.01.2021 yilda jinoyat ishi tegishlilik bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani IIBga yuborilgan va o‘sha kuni Tergov bo‘linmasi tomonidan ish yurituvga olinib, T.G. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilib, fuqarolar guvoh tariqasida so‘roq qilingan. 

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan T.G. tomonidan fuqarolarni ish bilan ta’minlash uchun 93 nafar fuqarolarning nomiga 15 mln. so‘mdan kredit chiqartirib, chiqarilgan kredit pullarini to‘lash uchun kafolat xat berganligi, MCHJ tashkil etib, fuqarolarni ish bilan ta’minlaganligi, 2020 yil mart oyidan boshlab pandemiya bo‘lganligi sababli to‘lashga imkoniyati bo‘lmaganligi, hozirda bankka kredit to‘lovlarini ya’ni, bank foizlarini to‘latish choralari ko‘rilayotganligi sababli jinoyat ishining tergov muddati  01.03.2021 yildan 29.03.2021 yilga qadar JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan to‘htatilgan.

T.G. tomonidan ATB “Qishloq Qurilish banki” ga 93 nafar fuqarolarning nomiga chiqarilgan kredit foizlarini to‘lash maqsadida 161.050.000 so‘mlik tikuv sexida tikilgan har xil turdagi kiyim kechaklar berilgan. 

19.04.2021 yil holatiga ko‘ra, ATB “Qishloq Qurilish banki” dan 93 nafar fuqarolarning nomiga chiqarilgan kreditning qoldiqdagi jami qarzdorligi 554.392.785 so‘m miqdorida, foiz qarzdorligi esa 90.049.251 so‘mni tashkil etadi.       
 
ATB “Qishloq Qurilish bank” dan 93 nafar fuqarolarning nomiga chiqarilgan kreditning muddati 06.12.2022 yilga qadar belgilangan.

Xabarda ko‘rsatilgan boshqa mulkiy nizolar  taalluqliligi bo‘yicha sudlarda ko‘rilib, qonuniy to‘htamga kelingan bo‘lib, viloyat prokuraturasi xodimlariga nisbatan keltirilgan vajlar rad etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!