Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori vazifasini bajaruvchi I.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro B.K.ga o‘rmon xo‘jaligi balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 10 000 AQSh dollari evaziga shartnoma asosida ijaraga berishga kelishib, oldindan bo‘nak sifatida 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, yana bir tezkor tadbirda Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘rmonbegi vazifasida ishlovchi M.S. fuqaro S.J.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini 30 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu yer maydonida turar-joy va boshqa binolar qurishga tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shundan so‘ng davom etgan tadbirda, o‘rmonbegi M.S. fuqarodan olgan 15 000 AQSh dollari hisobidan 500 AQSh dollarini kadastrlar palatasining Pop tumani filiali sho‘’ba mutaxassisi B.M.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.