Namanganda talaba yigit Norin daryosiga cho‘kib ketdi

Namanganda talaba yigit Norin daryosiga cho‘kib ketdi

Bugun, 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda talaba yigit Norin daryosiga cho‘milishga kelib, cho‘kib ketgani aytilmoqda.

Ma’lum qilishicha, bugun soat 13-00larda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Uychi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosida cho‘milish maqsadida borgan fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan boshqarmaning Yong‘in-qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, hozirda suv osti va suv usti qiduruv ishlarini olib borishmoqda, deyiladi FVB xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!