Namanganda qum to‘kishga kelgan «ZIL» xonadon egasining 2 yoshli farzandini bosib ketdi

Namanganda qum to‘kishga kelgan «ZIL» xonadon egasining 2 yoshli farzandini bosib ketdi

4 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro o‘z boshqaruvidagi «ZIL-130» avtomashinasida 2 yoshli bolakayni bosib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining «ZIL-130»da Namangan shahar Nurobod mahallasidagi xonadonlarning birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari uchun qum yetkazib bergan. Qumni belgilangan joyga to‘kib, qaytayotganida xonadon egasining 2018 yilda tug‘ilgan farzandi «ZIL» ostida qum o‘ynab o‘tirgan bo‘lgan. Haydovchi bolakayni ko‘rmay qolib, uni bosib ketgan.

Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!