Namanganda maktab binosining faollar xonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Namanganda maktab binosining faollar xonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Namanganda maktab binosining faollar xonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

DYOXX xabariga ko‘ra, 14 iyul kuni To‘raqo‘rg‘on tumani Xo‘jand mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘indan binoning 500 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida maktab binosining faollar xonasida saqlangan 14 dona sport to‘shagi yonib zararlangan.

Xonada vaqtinchalik o‘tkazilgan elektr simlarida qisqa tutashuvi yong‘in sodir bo‘lishining taxminiy sababi sifatida ko‘rilmoqda

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!