Namanganda bog‘cha bahonasida 173,2 mln so‘m talon-toroj qilindi

Namanganda bog‘cha bahonasida 173,2 mln so‘m talon-toroj qilindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 millon so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Namangan viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi IK texnik nazoratchi N.M. «N.B.» MCHJ rahbari M.I. bilan o‘zaro til biriktirib, tumandagi 41-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari haqidagi hujjatlarga amalda bajarilmagan 173,2 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan N.M. va M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!