➡️Namangan viloyatidagi banklardan birining bosh yuristkonsulti xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirmoqchi bo‘ldi.
U Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021 yilda olgan 16,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lay olmaganligi sababli, garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga cho‘zib turish va keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuristkonsult klinika rahbaridan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
FIFA вазиятни ўрганиб чиқиб, нафақат 48 та иштирокчи жамоага бериладиган пулни, балки барча 211 та аъзо давлатга ажратиладиган ривожланиш маблағларини ҳам кўпайтирмоқчи.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.