Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan «Dubay shokoladi»ga bo‘lgan yuqori talab dunyo bozorida pista narxining keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Rekord darajadagi narxlar va logistika muammolari
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning mart oyida pista narxi bir funt (taxminan 450 gramm) uchun 4,57 dollarni tashkil etdi. Bu 2018 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Narxlarning oshishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:
Logistika inqirozi: Eron jahon pista bozorining qariyb 30 foizini ta’minlaydi. Biroq mintaqadagi urush harakatlari sababli Bandar-Abbos porti orqali yuk tashish cheklangan. Muqobil yo‘llar (Turkiya yoki Suvaysh kanali) esa qimmat va vaqt talab etadi.
Hosildorlikning pasayishi: Asosiy ishlab chiqaruvchilar — AQSH, Turkiya va Eronda 2025 yilgi hosil kutilganidan kam bo‘lgan. Xususan, Erondagi kuchli qurg‘oqchilik va G‘arb sanksiyalari eksport salohiyatini pasaytirgan.
«Dubay shokoladi» omili
Pistaga bo‘lgan global talabning o‘sishida ijtimoiy tarmoqlarda trendga aylangan «Dubay shokoladi»ning o‘rni katta. Ushbu mahsulotning asosiy tarkibiy qismi pista kremi bo‘lgani sababli, qandolat sanoatida ushbu xomashyoga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortgan.
«Hozirda bozordagi vaziyat shu darajada noaniqki, narx belgilash xuddi qimor o‘yiniga o‘xshab qoldi», — deydi Londondagi yirik treyderlardan biri.
Eron pistasini almashtirib bo‘ladimi?
Xaridorlar Eron mahsuloti o‘rniga AQShdan muqobil variantlar izlamoqda. Biroq soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, Eron pistasini to‘liq almashtirish mushkul. Sababi — uning tarkibidagi yog‘ miqdori yuqoriligi va o‘ziga xos ta’mi qandolat mahsulotlari sifatini belgilaydi.
Hozirda amerikalik eksportchilar ham o‘z zaxiralarining katta qismini sotib bo‘lgan, bu esa yaqin kelajakda pista tanqisligi yanada kuchayishi mumkinligidan dalolat beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.
Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.
Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.